STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA UNI AMALIYOTDA
QO’LLASHNING AHAMIYATI
Ishning maqsadi: Umumiy o‘rta ta’limda steam yondashuvi va uning
ahamiyati. Stem va Steam ta’limi: turli mamlakatlarda global tendensiyalar va
amaliyot bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018
yildagi PF-5538 Farmonida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi
kiritilishi haqida so‘z boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va
energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan
namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish; maktablarni, shu
jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va
laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va
multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; uch oy muddatda
o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan,
masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning
samaradorligini butunlay
oshirishni nazarda
tutgan
holda
umumta’lim
muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va
tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni
aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini
o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish
metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. U
bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya),
Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha
o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar
mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
Dostları ilə paylaş: |