Steam ta’lim texnologiyalari va uni amaliyotda qo’llashning ahamiyati ishning maqsadi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix08.12.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#73206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STEM atamasi ilk bor AQShda maktab 
dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning 
ilmiy 
texnika 
yo‘nalishlarida 
kompitensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. 
Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib, 
atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan: 
“R”-robotic- robototexnikani qo‘shib, STREM- deb yoki “A”-art –sa’natni
qo‘shib, STEAM deb atala boshlandi.
STEAM (S - fan, T - texnologiya, E - muhandislik, A - san’at, M - 
matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani 
birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda, ya’ni 
bolani kelajakda jamiyatda yashashga tayyorlashi kerak. Bunda birinchi navbatda 
tez o‘zgarayotgan, yangilanib borayotgan axborotlar bilan uyg‘un holda faol 
ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi o‘quvchi yoshlarda shakllantirish lozim. 
Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEAM ta’limi 
dasturining asosini tashkil etadi.
STEAM ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning 
asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat jarayonida 
bilimlarni olish, so‘ngra ulardan amaliyotda qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda 
konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid 
tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi. 
STEAM ta’limi o‘quvchi yoshlarning rivojlanishini tashqi olam bilan 
bevosita bog‘laydi. Ma’lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita 
bog‘liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo‘llaniladi, 
muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va mashina mexanizmlarda o‘z aksini 
topgan, biror bir kasb, kundalik mag‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematika fani 
bilan ham bog‘langandir.
STEAM ta’limi asosida yondashuv o‘quvchi yoshlarga dunyoni tizimli 
ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada 


qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga o‘zi uchun yangi, noodatiy va 
qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali 
o‘quvchi yoshlarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o‘zi uchun qiziqarli masalani 
aniqlab olishni, yechimini topishning algoritimini ishlab chiqishni, natijalarni 
tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik jihatlarini shakllantirishga olib 
keladi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin