191
8.2. Servis sohasmdagi korxonalar turlari
Barcha mamlakatlarda servis faoliyati sub’ektlari katta, o‘rta, mayda va juda
mayda turlarga bo‘linadi. Korxonani masshtabini belgilashda kriteriy sifatida unda
band bo‘lgan ishchilar soni, shuningdek, qo‘shimcha kriteriyalar sifatida ustama
qiymat, aylanish, korxona mustaqilligi va boshqalar ishlatiladi.
Katta korxonalar har bir rivojlangan davlatlarni xizmatlar sohasida uchraydi.
Ular bank biznesida, informatsion – kompyuter, turizm ishida, mehmonxona
biznesida, umumiy ovqatlanishda, transport, ta’lim, reklama, tibbiy xizmatlarda
uchraydi. Ularni faoliyati ko‘pgina hollarda milliy chegaralardan chiqib, xalqaro
bozorlarni o‘zlashtiradi. SHu bilan birgaklikda ular resurs - moliyaviy va kadrlar
quvvatiga ega bo‘lgan holda, ko‘p hollarda vaqt talabiga hozirjavobligini yo‘qotadi.
Ular unchalik katta bo‘lmagan yangi innovatsiyalarni ham kiritishga ojizlik qilishadi.
Kichik, shuningdek (o‘ta mayda) korxonalar deyarli barcha mamlakatlarda
servis xizmatini asosiy qismini generatsiya qiladi. Servis soxasida kichik
tadbirkorlikni rivojlanishi uchun ma’lum iqtisodiy sharoitlar zarur. Bular:
ishlab chiqarish vositalariga va ishlab chiqaruvchilar mexnatini natijasiga
bo‘lgan monopoliyani engib o‘tish;
erkin raqobatni ta’minlash;
iste’molchilarni bozorga erkin kirib kelishini ta’minlash;
to‘liq bozor informatsiyasini to‘siqsiz tarqatish va tadbirkorlarga etkazish;
Mayda ishlab chiqarishlar shaxsiy xizmat ko‘rsatish, jumladan dam olish va
ko‘ngil ochish korxonalari, mehmonxona xo‘jaligi, avtoservis, maishiy xizmat
ko‘rsatish va boshqalarda rivojlanadi. Ular o‘rta, katta va o‘ta katta korxonalar uchun
foydali bo‘lmagan servis segmentlarini egallab olishgan. Bozor tang holatga kelganda
katta firmalar bankrot bo‘lishadi, maydalari esa yashab qolishadi.
Servis sohasidagi o‘rta, mayda va o‘ta mayda korxonalar quyidagi afzalliklarga
ega:
ko‘p kapital xarajatlarni talab qilmaydi;
innovatsiya va tez o‘zgarayotgan iste’molchilar talabiga mo‘ljal olib
dinamik tarzda rivojlanish;
yangi ishchi o‘rinlari manbai hisoblanadi;
ko‘pgina shaxslarga, jumladan yangi ish boshlayotganlarga o‘z tashviqotini
amalga oshirishga ko‘maklashadi, chunki ularga turli jarayonlari va hodisalari
o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq bo‘lgan faoliyat maydonini taklif etadi;
ishchilarga birdaniga ko‘pgina o‘z qobiliyatlarini ishga solish imkonini
beradi, chunki bu erda mehnat taqsimoti o‘ta shartli bo‘lib, mehnat operatsiyalarini
diferensiyalanishi va segmentatsiyasi minimaldir.
192
Mayda va o‘rta korxonalarni ishchilari ular ishini o‘ziga xos xususiyatlari
tufayli iste’molchilarni hattoki kuplamagan talablariga ham hozirjavob bo‘lib,
xizmatlarni individual xarakterini chuqurlashtiradi. Bundan tashqari, dunyoni
ko‘pgina davlatlarida o‘rta va mayda servis korxonalarida yoshlar o‘z mehnat
faoliyatini boshlaydi, chunki, odamni boshlang‘ich tadbirkorlik ko‘nimalarini
egallashi, mustaqil pul ishlab topishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tarkibidagi yoshlar ulushini ko‘pligi xizmatlar sohasida yangiliklar kirib
borishiga ko‘maklashadi.
Ammo, shunga qaramasdan servis sohasidagi o‘rta, mayda va o‘ta mayda
korxonalarini raqobatbardoshlik darajalarini katta korxonalarga nisbatan ancha past
bo‘lishiga olib keluvchi qator tavsiflar mavjud:
ular yuqori, doimiy sarf-xarajatlar bilan bog‘liq servis mahsulotlarini
o‘zlashtira olmaydi;
ular hamma bozorlarda ham faoliyat yuritaolmaydi, balkim ma’lum tur va
masshtabli bozorga (ma’lum foyda darajasiga ega bo‘lgan iste’molchilar harakat
qiladigan va boshqalar) mo‘ljal olishadi;
ular ishchilariga ma’lum korporativ – iqtisodiy muhit sifatida uyushish va o‘z
manfaatlarini himoya qilish qiyin.
Har bir davlatda hukumat xizmatlar sohasidagi katta, o‘rta va kichik
korxonalar o‘rtasidagi optimal nisbatni saqlab turishga harakat qiladi. SHuningdek,
aholiga ham turli servis korxonalari xizmatidan foydalanish juda foydali. Agar katta
va o‘rta korxonalar ko‘pgina vaziyatlarda mustaqil yashay olsa, mayda va o‘rta
mayda firmalarni faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy rivojlanishni ma’lum
bosqichlarida davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlab turilishi zarur.
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlarda servis faoliyatini strategiyasi va
samardorligi kriteriylari o‘zgarmoqda:
servis korxonalarini boshqarish taraqiy ettirilmoqda, boshqarish turlari
(moliyalar, personal, krizis, innovatsiya mendjmenti va boshqalar) ko‘paytirilmoqda;
servis korxonasini ichidagi boshqaruv operatsiyalari rivojlantirilmoqda:
kon’yukturani bashorat qilish, maqsadlarini ta’riflash, o‘z imkoniyatlarini baholash,
sherik va ta’minotchilarni tanlash va boshqalar;
moliyaviy instrumentlar to‘plamiga (investitsiyalarni boshqarish, kreditlarni
jalb qilish, lizing, trast, faktoring, sug‘urta va boshqalar) murojaat qilish holatlarini
mavjudligi.;
turli texnologiyalarni rivojlantirish (boshqaruv, tashkiliy, iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va boshqalar);
servis falsafasi chuqurlashib iste’molchiga yo‘natirilmoqda (mijozga
yo‘naltirilgan falsafa);
193
qattiq servis (xizmatni bajarishga mo‘ljallangan me’yorlarni bajarish) bilan
bir qatorda yumshoq servis (iste’molchilarni yakka talablariga javob berish uchun
xizmat ko‘rsatishida qo‘shimcha operatsiyalarni bajarish) ham faoliyat yuritmoqda;
to‘g‘ri servis bilvosita servis (sotilgan tovar, ko‘rsatilgan xizmat bilan bog‘liq
bo‘lmagan, balkim iste’molchi bilan yaxshi munosabatlarni saqlashga qaratilgan)
bilan to‘ldirilmoqda.
Raqobat jangida narx siyosati, mahsulot narxi va sifatini o‘zaro optimal nisbati
siyosatiga yo‘l bermoqda. O‘z o‘rnida xizmatlar sifati uni standartlashtirish va xizmat
ko‘rsatish jarayonini xavfsizligi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |