297
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
6-mavzu
KEYS STADI
1-masala.
Sut sotuvchi mahsulotni ikkita yetkazib beruvchidan qabul qiladi. Har
ikkisi ham
miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi.
Shuning uchun ham sutning
narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun shuncha. Shunda
sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga qaror qildi. Barcha
sut sotib bo’linganidan so’ng sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b. etmadi.Agar
sutni
aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo’kotdi va
qancha yutdi?
2-masala.
Korxona rahbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati
bilan oylik maosh
oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.
1-variant: hozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bo’lgan maosh yil bo’yi
o’zgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.
2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh o’zgarmaydi. Xar
yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda qo’shimcha pul
qo’shiladi.
Savol: variantlardan qaysi biri xodim uchun qo’layroq?
3-masala
Futbol uyinining chiptasi 2000 sum bo’lganida o’yingohga 30
mingta ishqiboz
kelgan. Chipta bahosi 4500 so’mga ko’tarilganda ishqibozlarning soni 5 mingtaga
kamaygan. Agarda talab funktsiyasi to’g’ri chiziq bo’lsa, bunda chipta bahosi 1000
sum bo’lsa, u holda o’yingohga qancha ishkibozlar kelishi mumkin (ming
kishi
hisobida)?
Dostları ilə paylaş: