301
“Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul
qilish va bilimlarni
o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek,
bu metod
o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
1-bosqich.
Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn talabalarga tarqatiladi;
2-bosqich.
talabalar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z
shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga
quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V”
– tanish ma’lumot.
“ - ” –
bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman.
“+”
– bu ma’lumot men uchun yangi.
“?”
– mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan
ma’lumotlar tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga
javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
302
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
8.Mavzu: “Strategik menejment” fanining shakllanishi
Mustaqil ta’lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular strategic
boshqaruvning turli
sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o‘rganishda
o‘ziga xos tarzda yondashish talab etiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari
mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim
topshiriqlari bir necha
ko‘rinishda (usulda) tayyorlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: