59
Ishlab chiqarish jarayonini biz qanchalik samarali rejalashtirdik va
loyihalashtirdik? U yanada yaxshilanishi mumkinmi?
Tashkilotdagi ko’p muammolarning manbalari oxir-oqibatda insonlarda topilishi
mumkin. Har qanday tashkilotning inson resurslari funktsiyasining kuchli va zaif
tomonlarini tekshirganda bir qator masalalar hisobga olinishi lozim. Quyidagi
jadvalda bugungi kunda tashkilotlar to’qnashayotgan inson resurslari bilan bog’liq
bo’lgan qator muammolar keltirilgan.
Ushbu savollarning har birini batafsil ko’rib chiqish orqali rahbariyat potentsial
zaif sohalarni aniqlashi va muvofik choralarni ko’rishi mumkin. agar rahbariyat
ushbu keltirilgan savollardan bittasini yoki bir nechtasini e’tiborga olmasa, nima
bo’lishi mumkin? Misol sifatida «Vametko» firmasini ko’rib chiqamiz. «Vametko»
ichimliklarni idishlari qo’yish va ularni kinoteatr va turistik muassasalarga etkazib
berish bo’yicha fabrikalarga ega edi. 1983 yilning oxirida «Vametko» 1mlrd. doll. Ga
investitsion firma tomonidan sotib olindi. Sotuv sabablari to’g’risida taxminlar ko’p
bo’lishiga qaramay, birinchi darajali omil bo’lib 50 yil davomida boshqaruv raisi va
«Vametko» ning asoschisi bo’lgan Mitchell Volfsonning vafot etishi xizmat kildi.
Volfson o’zini o’rniga hech kimni tayyorlamagan edi va xodimlarning hech biri u
tomonidan yaratilgan «imperiya»ni boshqara ololmasdi.
Agar tashkilot malakali xodimlarga va yaxshi asoslangan maqsadlarga ega
bo’lgan rahbarlarga ega bo’lsa, u holda tashkilot turli alternativ strategiyalarga amal
qilishi mumkin. Aks holda ushbu zaiflik tashkilotning kelajakdagi faoliyatni havfga
solish ehtimoli katta.
Nixoyat, bevosita yuqori rahbariyat javob beruvchi boshqa omillarni ham ajra-
tish mumkin. Ular firma ichki va tashqi holatining normal faoliyatini saqlab turish
uchun rahbariyat shug’ullanishi lozim bo’lgan muhim masalalarni o’z ichiga oladi.
Bu noan’anaviy omillar tashkilotning uzoq muddatli istiqbolda muvaf-faqiyatli
faoliyat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ularga korporatsiyaning mada-niyati va
imidji kiradi. Tashkilotdagi atmosfera va iqlim korporatsiya mada-niyati deyiladi.
Madaniyat tashkilotdagi urf-odatlar, an’analarni aks ettiradi. Rahbariyat bu
madaniyatdan ma’lum toifadagi xodimlarni jalb qilish va ma’lum turdagi o’zini
tutishni rag’batlantirish uchun foydalanadi. Korporatsiya imidji xodimlar, mijozlar va
butun jamoat fikri yordamida yaratuluvchi tasavvurga tegishlidir. Bu taassurot
mijozlarni ma’lum firmalardan tovarlarni xarid qilishga rag’batlantiradi.
Firmaning madaniyati va imidji kompaniya obro’si bilan mustahkamlanadi yoki
susayadi.
Dostları ilə paylaş: