Strategik menejment


Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baxolash



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309
Strategik menejment

 
4.4.Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baxolash.
Kompaniya axvoli taxlilining muxim qismi - bu firma xarajatlarining raqobatga 
bardoshliligini aniqlashdir. Baxolardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma-xil 
bo’lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar: 
1)
xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi 
farq; 
2)
texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi; 
3)
ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi; 
4)
raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining 
o’zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi; 
5)
marketing xarajatlarining turliligi; 
6)
transportirovka xarajatlarining turliligi ; 
7)sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi. 
Raqobatga bardoshli bo’lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar 
xarajatlariga teng yoki undan past bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar 
zanjirining xar bir bo’ginida taxlil o’tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir
quyidagilardan iborat bo’ladi. 
Asosiy faoliyat doirasida:
moddiy-texnika ta’minoti; 
tayyorlash; 


62 
tovarlarni iste’molchilarga etkazish; 
sotish va marketing; 
xizmat ko’rsatish; 
Qo’shimcha faoliyat doirasida:
tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish; 
inson resurslarini boshqarish; 
umumiy boshqarish; 
Xarajatlarni to’gri baxolash uchun menedjer 4 ta ishni bajarishi lozim: 
firmaning qiymatlar zanjirini tuzish; 
zanjir ichida turli uchastkalar o’rtasidagi aloqani o’rganish; 
bozorda muvaffaqiyat keltiruvchi faoliyat turlarini aniqlash; 
solishtirma baxolash o’tkazish; 
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam. 
Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan 
foydalanish etarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq 
taxlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi: 
xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq 
ushlab turibdi; 
amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining 
mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday; 
asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega; 
xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami; 
tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning 
kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila 
oladimi; 
Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 
1-qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati tuziladi; 
2-qadam - xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baxo 
beriladi; 
3-qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baxo umumlashtiriladi; 
4- qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa 
chiqariladi; 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin