Tayanch so’zl va iboralar:
besh kuch modeli, tarmoq, iqtisodiy ko’rsatkichlarni,
strategik guruhlar xaritasi.
4-MAVZU: KOMPANIYA HOLATINING TAHLILI
Reja:
4.1 Kompaniya holatini tahlil qilish uslubi
4.2 Kompaniyani strategik mavqeini baholashda ichki va tashqi muhit tahlili.
4.3 SWOT tahlil orqali kompaniya holatini baholash
4.4 Firma xarajatlari raqobatbardoshliligini baholash
4.5.Amaliy marketing. “Toyota” Yaponiya. Iste’molchilar doimo birinchi
o‘rinda
4.1. Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi.
Kompaniya xolatini taxlil qilish menejerlarga raqobat bozorida qanday qilib
muvoffaqiyatga erishish, raqobatda ustun chiqish uchun nimalar qilish zarurligini
ko’rsatib asoslab beradi. Buning uchun quyidagi savollarga javob izlash lozim
49
1)
Amaldagi strategiya qay darajada samarali?
2)
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?
3)
Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?
4)
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?
5)
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?
Bu savollarga javob berish uchun 4 ta taxliliy ko’rsatgichlardan foydalaniladi:
SWOT - taxlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar taxlili va raqobatbardoshlikni baxolash.
SWOT-taxlil.
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar),
Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) suzlaridan tuzilgan
akronimdir. Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va
T kursatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-taxlilda xisobga olish maqsadga
muvofiq bulgan asosiy omillar keltirilgan.
SWOT-taxlilda hisobga olinadigan omillar
4.1-jadval
Potentsial
ichki
kuchli jixatlar (S):
Potentsial
ichki
zaif jixatlar (W):
Aniq namoyon bulib turgan
nufuzlilik
Ba’zi nufuzli jixatlarni qo’ldan boy berish
Munosib moliyaviy manbalar
Strategiyani uzgartirish uchun zarur bulgan
moliyaviy mablag’larning yuqligi
Raqobat kurashi san’atining
yuksakligi
Bozor maxorati urtachadan past
Iste’molchilarni
yaxshi
tushunish
Iste’molchilar xaqidagi axborotning taxlil
qilinmasligi
Tan olingan bozor peshqadami
Bozorning zaif ishtirokchisi
Aniq ifodalangan strategiya
Aniq ifodalangan strategiyaning yuqligi, uni
amalga oshirishdagi izchillikning yuqligi
Ishlab
chiqarish
kulamidan
tejash, narxdagi ustunlik
Maxsulot narxining asosiy raqobatchilarga
qaraganda yuqoriligi
Firmaning
uz
noyob
texnologiyasi, eng yaxshi ishlab
chiqarish quvvatlari
Eskirgan texnologiya va asbob-uskunalar
Ishonchli, sinalgan boshqaruv
Boshqaruvda teranlik va moslashuvchanlikning
boy berilishi
Ishonchli taqsimot tarmog’i
Taqsimot tarmog’ining zaifligi
Yuksak ITTKI san’ati
ITTKI pozitsiyalarining zaifligi
Tarmoqdagi
eng
samarali
(ta’sirchan) reklama
Ilgari surish siyosatining zaifligi
Potentsial
tashqi
qulay imkoniyatlar (O)
Potentsial ichki taxdidlar (T)
Iste’molchilarning qo’shimcha
guruxlariga xam xizmat kursatish
imkoniyati
Bozor usishining sustlashishi, yangi bozor
segmentlari kirib kelishining salbiy demografik
uzgarishlari
Mumkin
bulgan
tovarlar
O’rin bosuvchi tovarlar savdosining usishi,
50
diapazonining kengayishi
xaridorlar didi va extiyojlarining uzgarishi
Raqobatchilarning
kungilchanligi
Raqobatning keskinlashishi
Tashqi bozorlarga chiqishdagi
savdo tusiqlarining kamayishi
Tovarlari arzon bulgan xorijiy raqobatchilarning
paydo bulishi
Valyuta
kurslarining
ijobiy
siljishi
Valyuta kurslarining salbiy uzgarishi
Resurslarning kupligi
Etkazib beruvchilar tomonidan qo’yilgan
talablarning kuchayishi
Cheklovchi
qonunchilikning
susayishi
Narxning qonun tomonidan boshqarib turilishi
Biznes beqarorligining susayishi
Biznesda
tashqi
sharoitning
beqarorligiga
bog’liqlik
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir,
chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu
jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni kurib
chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bulgan ishlarga
yaxshi moslashgan bulishi lozim. Kompaniyaning uziga xos jixatlarini aniqlash
aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir,
chunki:
- noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish
imkoniyatini beradi;
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan
farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bulayotgan qulay imkoniyatlar
raqobat ustunligiga ega bulgan yoki usish uchun boshqa imkoniyatlari bulgan
kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-taxlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
- kompaniya uz strategiyasida uzining ichki kuchli tomonlaridan yoki
ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi
ustunliklari bulmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga
aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular
ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan
kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat
yaratadi? Shuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bulmagan qulay
imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning
boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki
yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
51
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi
tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Dostları ilə paylaş: |