118
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik,
bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi
sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan
maktablar tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: