Strategik menejment


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309
Strategik menejment

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim 
asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy 
ravishda tanlash huquqiga ega. 
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha 
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda 
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. 
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini 
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. 
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va 
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha 
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. 
 Oliy ta’lim 
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta 
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy 
ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. 
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, 
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil 
davom etadigan oliy ta’limdir. 
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga 
haqlidirlar. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan 


119 
keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, 
ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. 
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar 
berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin