Strategik menejment


Ishlab chiqarish konsepsiyasi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   309
Strategik menejment

Ishlab chiqarish konsepsiyasi
o‘z harakatini mahsulot ishlab chiqarish 
samaradorligaga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab 
chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so‘z bilan 
aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo‘lgan tovarlarga nisbatan 
marhamatli bo‘ladilar. SHunga ko‘ra bu konsepsiya e’tiborining asosiy ob’ekti qilib 
ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani tanladi. 
Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini 
kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi. 
Tovar konsepsiyasi
mahsulotning iste’molchilik xususiyatlarini oshirishga 
alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste’molchilar eng yuqori sifatli, 
eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarga nisbatan xayrixoh 
bo‘ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqate’tibor tovarga qaratiladi, 
shuning uchun ham marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog‘i uning 
modernizatsiyasiga qaratildi. 
30-yillarning o‘rtalaridan 80-yillarning o‘rtalarigacha marketing rivojlanishining 
ikkinchi bosqichi davri bo‘ldi. Bu davrda e’tibor sotishga, so‘ngra esa iste’molchiga 
qaratiladi.
Sotish konsepsiyasi
2
sotish va sotilishlarni rag‘batlantirish sohasida etarli 
harakatlarni amalga oshirmasa, iste’molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda 
sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi — sotilishlar hajmining 
o‘sishi hisobiga foyda olish. E’tiborining asosiy maqsadi — sotish va xizmat 
ko‘rsatish texnologiyasi va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tijorat jarayonlarini 
jadallashtirish. 
Vaqt o‘tishi bilan marketing mohiyati tovar va narx siyosati, taqsimlash, siljitish 
2
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 


32 
va sotish jarayonlarining majmui sifatida tobora ko‘proq tushunilib boryapti. 
«Marketing aralashmasi» deb tarjima qilingan maxsus «marketing-miks» atamasi 
kiritilyapti. 
Keyingi 
umumiy 
marketing 
konsepsiyasida 
marketing-miks 
konsepsiyasiga aylanadi, asosiy e’tibor iste’molchilar ehtiyojlariga va ularning 
samarali qondirilishiga qaratiladi. Endi yakuniy natijaga erishish, ya’ni foyda olish, 
tovar va boshqa bir qator omillar va marketing harakatlari vositasida (marketing-
miks) iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishga uzviy bog‘lanib qoldi. 
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-yillarning 
o‘rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu erda strategik, 
ijtimoiy yo‘naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari, katta ijtimoiy 
guruhlar marketingi — mezo — va mega-marketinglar konsepsiyalari hukmronlik 
qiladi. Iste’molchilar dunyoning yagona markazi bo‘lmay qoladi. Bunda uchta 
omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, xaridorlarning ehtiyojlari va 
jamiyat 
manfaatlari. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin