Bugun global raqobat, samolyotsozlik, elektronika, nusxa ko‘chirish texnikasi, avtomobilsozlik, soat ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda o‘rin olgan.
Tabaqalashish strategiyasi – mahsulotni takomillashtirish, rivojlantirish va xilma-xillikni oshirish. Tabaqalashish strategiyasi, raqobat kurashida mahsulotni takomillashtirish yo‘li bilan, unga a‘lo darajadagi sifatlar berish va raqobatchi mahsulotiga nisbatan uning iste‘mol ustunligini oshirish orqali g‘olib chiqishga intilishdir.
Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi.
Yangi tovarlarni yoyish strategiyasi, bozorda mutlaqo yangi, butunlay boshqa iste‘mol sifatlariga ega bo‘lgan tovarlarni yoyish bilan bog‘liq.
Bozorni rivojlantirish strategiyasi.
Bozorni rivojlantirish strategiyasi – bu tovarning yangi bozorlarda harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sish strategiyalaridan biri.
STRATEGIK REJALASHTIRISH VA UNING BOSQICHLARI
Strategik reja- bu korxona (firma)ga uzoq davrga berilgan topshiriqdir.
Bunday reja firma doirasidagi boshqa joriy yillik rejalashtirish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib hizmat qiladi.
Strategik rejaning o’ta muhim va zarurligini quyidagi quyidagilar bilan izohlanadi:
Korxonaning aniq maqsadini aniqlashga va shakllantirishga imkon beradi.
Samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi.
Korxonaning barcha resurslarini ya’ni ishchi kuchi, moliyaviy, aylanma va asosiy fondlarini samarali taqsimotini ta’minlaydi va h.k
STRATEGIK REJALASHTIRISH JARAYONI QUYIDAGI BOSQICHLARNI O’Z ICHIGA OLADI:
Maqsad va vazifalar
Tashqi muhitni tashkil qilish
Kuchli va kuchsiz tomonlarni tahlil qilish
Muqobilni tahlil qilish va strategiyani tanlash
Strategiyani amalga oshirishni boshqarish
Strategiyani baxolash