Subtitle here Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari mazmuni


Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo‘lib baholanadi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#162860
1   2   3   4
AZAMAT SADULLAYEV

Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo‘lib baholanadi:


1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish.
2. Ish bilan bog‘liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan.
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘lanmagan jarohatlanish.

Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.

Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig‘i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masalan, ishga borib-kelish vaqtida, xizmat safari vaqtida, boshqa obyektlardagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz hodisalarga) ishab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo‘qotilgan ish kunlari uchun haq to‘lanadi.


Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo‘lishi natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi. Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o‘tkir zaharlanish deyiladi.

Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi. Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo‘lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi.


Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘riladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin