Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja


Mazkur mahruzada Prezidentimiz tomonidan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari belgilab berildi. Mazkur vazifalar quyidagilardan iborat



Yüklə 86,69 Kb.
səhifə27/28
tarix17.05.2023
ölçüsü86,69 Kb.
#114954
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tas

Mazkur mahruzada Prezidentimiz tomonidan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari belgilab berildi. Mazkur vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Boshlangan tizimli demokratik islohotlarni va mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, eng avvalo sanoat va qishloq xo’jaligida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni so’zsiz davom ettirish, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni tahminlash;
2. 2015-2019 yillarda muhandislik kommunikatsiya va yo’l-trans’ort infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so’zsiz amalga oshirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish;
3. Qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirish;
5. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eks’ort qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, eks’ortda fermer xo’jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbikorlikning ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish;
6. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish;
7. “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish.
2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O’RQ-386-sonli Qonuni imzolandi.
Mazkur Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach, “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘rniga kuchga kiradi.
Bunda ta‘kidlash joizki, yo‘lovchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilishning amaldagi tizimi tashishda yo‘lovchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlamayapti, hamda shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari; shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari; bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sug‘urtasi qo‘llanilmaydi, shunga ko‘ra barcha yo‘lovchilarning to‘liq qamrovi ta‘minlanmayapti. Shu bilan birga xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yo‘lovchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish uchun yo‘lovchilarning majburiy shaxsiy sug‘urtasi o‘rniga tashuvchining yo‘lovchilar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi qo‘llanilmoqda.
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarining barcha turlarida tashishni amalga oshirishda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish hajmi o‘sib borayotganligi bois, “tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi” degan tushunchasining dolzarbligi oshmoqda. Yo‘lovchi unga tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni, qanday turdagi transport vositasida bo‘lishidan qat‘iy nazar, o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishiga umid qilishga haqli. Bundan tashqari yo‘lovchi tashishning barcha jarayonida va barcha turdagi transport vositalarida uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar qoplanishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimi yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, hamda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha harajatlarni kamaytirish yo‘li bilan tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydigan mexanizm sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish yuzasidan tegishli hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borilmoqda va u bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:
- shartnoma shartlari va uni tuzish tartibi;
- yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi;
- sug‘urta polisi blankasining namunasi va uni tayyorlash tartibi;
- sug‘urta puli, hamda sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va ularning sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llanilish tartibi;
- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta sherikchiligining ish tartibi va boshqalar.
Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun bilan bir qatorda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat»
Yüklə 86,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin