Sulton jaloliddin



Yüklə 239,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.09.2022
ölçüsü239,19 Kb.
#64320
  1   2   3
514-Article Text-1221-1-10-20201028



ERKIN SAMANDARNING “SULTON JALOLIDDIN” ROMANIDA 
XORAZM DIALEKTIZMLARI 
 
Saida Rajab qizi Matyakubova 
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Biz bugungi kunda so’zlashayotgan til doimo harakatda va 
o’zgarishda. Shu bois, bundan bir asr ilgari mavjud bo’lgan til bilan bugungi kunda 
ishlatiladigan til orasida katta farq bor. Ushbu farqni tarixiy asarlarda ham ko’rish 
mumkin. Shu sababli, ushbu maqola Erkin Samandarning “Sulton Jaloliddin” tarixiy 
romanidagi Xorazm dialektizmlariga bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: eskirgan va yangi so‘zlar, arxaizm, neologizm, Xorazm shevasi.
KHOREZM DIALECTICS IN ERKIN SAMANDAR'S NOVEL "SULTAN 
JALOLIDDIN" 
Saida Rajab qizi Matyakubova 
Urgench State University 
Abstract: The language we speak today is constantly evolving and changing. 
Therefore, there is a big difference between a language that existed a century ago and 
a language that is used today. This difference can also be seen in historical works. 
Therefore, this article is devoted to the Khorezm dialectics in Erkin Samandar's 
historical novel "Sultan Jalaliddin". 
Keywords: old and new words, archaism, neologism, Khorezm dialect. 
Til tizim sifatida hamisha harakatda, uzluksiz aloqada, shu bilan birga doimiy 
ravishda o‘sib boradi. Jahon hamjamiyatida bo‘lib turadigan iqtisodiy va ma’rifiy 
sohalardagi islohotlar, siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, ilmiy sohadagi taraqqiyot, 
innovatsion g‘oyalarning tobora ravnaq topib borishi natijasida tilimiz boyligida 
yangi- yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishi va shu bilan bir qatorda so‘z- 
leksemalarning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishiga olib kelmoqda. Bu jarayon 
o‘z navbatida lug‘at boyligimizda istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksema 
birliklarining yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. 
Shu o’rinda, eskirgan va yangi so‘zlar birliklari bilan tanishib o’tsak.
Istorizm o‘tmish voqeligi bo‘lgan narsa- hodisalarning nomlaridir. Istorizm 
odatda uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirish mahsuli bo‘ladi. 
Arxaizm - hozirgi paytda mavjud bo‘lgan voqelikning eskirgan nomi.
(H.Jamolxonov “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 2005).
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
262


Erkin Samandarning “Sulton Jaloliddin” tarixiy romanida tasvirlanayotgan davr 
(XIII asr) voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhiyatini ta’minlash 
maqsadida tarixiy so‘zlardan o‘rinli va unumli foydalangan. Tarixiy romanda 
Mo’g’ullar istilosi Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga bostirib kelishi (XIII 
asr) tasvirlangan. Romanda jang tasviri, urush manzarasi bilan bog‘liq tarixiy 
tushunchalar va atamalar qo‘llanilgan. Masalan, Shinaklarning har bittasiga usta 
merganlar yoychilar qo‘shildi. Burgutlar parvoz oldidan o‘zlarini kutilgan- 
kutilmagan muhorabalarga shaylangan chog‘larida ularda bemisl xislat- osmonlarga 
monand g‘urur paydo bo‘ladiki, shundan qanotlari polodga, changallari xanjarga 
aylanadi. Kalorga xorazmliklar bostirib kelayotganini, ularga sultonlar emas, balki 
yosh bir sarkarda ekanidan xabar topgan qal’a noibi himoyani ortiqcha bilibyog‘iyni 
yo‘lda qarshilash maqsadida yigirma ming qo‘shin bilan shahardan chiqdi. 
Arxaik so‘zlarda “eskilik” ifodasi sxemasi bo‘rtib ifodalangan bo‘ladi. Badiiy 
matnda qo‘llangan bunday so‘zlar, avvalo, tarixiy voqea- hodisalarni real tasvirlash 
imkonini beradi, bu so‘zlar tarixiy davr ruhini ta’kidlab turadi. Masalan, Uch eshakli 
kunbotardan kelaberdi. Ko‘rinishlaridan darveshga o‘xshardi. Boshlarida kuloh
bellarida kashkul. Sulton qisqa mashvarat so‘nggida vazir Shamsulmulkdan so‘radi?- 
Shafqatsizg‘a chora ne bo‘lg’ay?
Romanda o‘lchov bildiruvchi bir qancha arxaik so‘zlar ham qo‘llanilgan. 
Bunday so‘zlar ham tarixiy davrni ta’kidlashga ko‘maklashadi. Masalan, boshqa 
kemalarda lak-lak askarlar, otlar va tuyalar. 
Romanda ba’zan arxaik so’zlar qahramonlarning nutqiy xarakteristikasini berish 
maqsadida ham qo‘llanilgan. Sulton Xorazmshoh, Sulton Jaloliddin, Turkon xotun 
suhbatlarida tabaqalarga xos arxaik so‘zlar, masalan, - Padaravi buzrukvor, - 
yumshoq gapirishga urinardi Sulton Jaloliddin,- dangal so‘zlarim uchun ma’zur 
tutgaysiz, hali mashvaratda ham dedim, dag‘i ayturmankim bugungi Farmoni oliy 
saltanatni muqarrar tanazullga olib borgay, elni parokanda aylagay. Shohning 

Yüklə 239,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin