Сунъий интеллект


- Ma’ruza. EKSPERTDAN BILIM YaRATISh



Yüklə 413 Kb.
səhifə29/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Сунъий интеллект

16- Ma’ruza. EKSPERTDAN BILIM YaRATISh

Reja:
1. Bilim yaratish.
2. Ekspertdan bilimlarni olish usullari.
3. Ekspert va bilim injinerining birgalikda ishlash shartlari.
Bilim yaratish - ekspert sistema yaratishdagi juda qisqa joylardan biri. Hozirgi kunda bilim yaratishning xech qanday avtomatik usullari mavjud emas.
ES ning bilim predmetlari darsliklar, xisobotlar, tajriba kabi ko‘pgina manbalardan olingan bo‘lishi mumkin. Bilimning asosiy manbasi - maxsus ekspertdir. Bilim injeneri bilimni ekspert bilan bevosita birgalikda ishlab olishi mumkin.
1. Injener ekspertdan ma’lumotlar, vazifalar va savollar so‘raydi.
2. Ekspert injeneriga bilim, tushuncha va yechim beradi.
3. Injener esa bajarilgan, strukturalashgan bilimni, bilimlar bazasiga yozadi.
Bu jarayon odatda juda ko‘p oy mobaynida davom etadigan sistematik intervpyuning davomiy seriyalarini tashkil etadi. Bilim injeneri ekspert bilan ishlayotganda ekspertning aniq situatsiyada qanday ishlayotgani kuzatishi kerak.
Quyida ekspertdan bilimlarni olish usullari ko‘rsatilgan.

Usul

Yozilishi

Ish joyini kuzatish

Vazifaning javob yo‘lini protokollash

Vazifa xizmati



Vazifani yechish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar, bilimlar va protseduralarni ko‘rinishini aniqlash

Vazifa yozilishi

Ekspertdan xar bir kategoriyani javobga prototip vazifani yozish

Vazifa analizi





Mantiqiy muloxazani namoyon qilish maqsadli eshitishda xal qilinadigan real vazifalar qatorini ekspertga ko‘rsatish

Sistemalarni yetkazish





Ekspertdan intervpyuda namoyon bo‘lgan qoidalardan foydalangan holda yechish uchun bir qancha vazifalar ko‘rsatishni so‘rash

Sistemalarni baxolash





Ekspertdan sitemalar ishini va ekspert sitemalarning boshqarish strukturasini tekshirishni so‘rash

Sistemalarni tekshirish

ES va ekspert bilan yechilgan namunalarni baxolash uchun boshqa ekspertga berish.

Ekspert va bilim injenerining birgalikda ishlash shartlari:
Ikkala qatnashuvchi ham tayyor bo‘lishi kerak. Ekspert, nafaqat kompetent mutaxassis, balki ES ko‘rishda eng oxirgi maqsadga yetishga qiziquvchi shaxs bo‘lishi kerak. U injenerga o‘z xoxishi bilan ishlashi kerak, agar ekspert o‘qituvchilik tarbiyasiga ega bo‘lsa o‘z bilimini tushuntira olishi kerak.
Analitikka quyidagilar zarur: xar xil tushunarsiz savollar bermasligi uchun predmet muhitidagi maxsus adabiyotlar bilan chuqur tanishgan bo‘lishi kerak. “Ekzamenator” sifatida emas, balki “o‘quvchi” sifatida eshitish va aniq savol bera olishi kerak.


Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin