Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash
40 rasm.Metodlarni tasniflanishi
40 rasmda ko`rinib turibdiki, tasniflashda asosiy printsp bilim manbaasiga bog`liq. Kommunikativ uslub bilimlarning jonli manbaasi ekspert bilan, tekstologik uslublar esa xujjat, hisobot, darsliklarm maxsus adabiyotlar kabi bilimlar manbaasiga bog`liq. Yuqori bosqichda bu guruhlarga tasniflanishi ularning qarama-qarshiligi hisobga olinmgan, odatda muhandis bu uslublarning kombinatsiyasidan foydalanadi, masala, avval adabiyotlarni o`rganadi, keyin ekspert bilan munozaralashadi yoki teskari.
O`z navbatida, kommunikativ metodlarni ikkiga bo`lish mumkin: faol va nofaol. Nofaol metod orqali bilimlarni ajratib olishda asosiy rolni ekspert bajaradi, bilimlar bo`yicha muhandis esa ekspertning real ish jarayonida tadbiq etgan qoida va uslublarini qayd etib boradi yoki ekspert tomonidan kerakli deb baholanganlarnigini yozib oladi.
Faol metodlarda esa aksincha, tashabilimlar bazasius bilimlar bo`yicha muhandisda bo`ladi, u ekspert bilan o`yin, dialog, intervyu kabi turli usullar yordamida muloqotda bo`ladi. Nofaol metod bir qarashda oddiy tuyular, lekin o`z navbatida bunday metod bilimlar bo`yicha muhadisdan ziyraklik, ekspertning bilimlar oqimini aniq tahlil qila olish, bilimlarning kerakli qismlarini aniqlab olish kabi ko`nikmalarni talab qiladi.
Teskari aloqaning yo`qligi (bilimlar muhandisi nofaolligi) bu metodlarni samarasini kamaytiradi. Aktiv metodlarni ekspertlar soniga bog`liq ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Agar ularni soni bittadan ortiq bo`lsa, har bir ekspertga individual yondoshgan holda guruhli munozara metodlari qo`llaniladi. Bu kabi guruhli metodlar munozara ishtirokchilari faolligini oshiradi va ular bilimlarining ochilmagan qirralarini kashf etishga yordam beradi. O`z navbatida hozirgi kunda individual metodlar yetakchi bo`lib qolmoqda.
O`yinli metodlar hozirda sotsiologiya, iqtisodiyot, menejment, pedagogika sohalarida o`qituvchilarni, rahbarlarni va boshqa hodimlarni tayyorlashda keng qo`llanilmoqda. O`yin – inson o`zini odatiy ish jarayonidan ko`ra anchagina erkin his qiladigan faoliyatning va ijodning asosiy shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |