Bilim olishning gnoseologik jihatlari.
Gnoseologiya – falsafada bilish nazariyasi va inson ongida mavjudlik nazariyasi bilan bog`liq bo`lim.
Bilimlar muhandisligi fan sifatida ikkilangan gnoseologiya sifatida ifodalash mumkin! mavjudli (D) avval ekspert (M1) ongida shakillanadi, keyin ekspertning faoliyati va tajribasi bilimlar muhandisi (M2) yordamida ETning bilimlar bazasini tashkil etuvchi bilim (Pz)ga interpretatsiyalanadi. Mavjudlikni bilish jarayoni inson ongida borliqni anglashga yo`naltirilgan.
D – mavjudlik
M1 – mavjudlikning ekspert modeli
M2 – mavjudlikning bilimlar muhandisi modeli
P z – bilimlar maydoni
Bilimni olish jarayonida ilimlar muhandisini Ekspert tizimqurish uchun kerak bo`ladigan ekspertning ayni sohaga oid individual bilimlari bilan bog`liq komponentalar qiziqtiradi. Bu soha bilimlar asosan emperik kuzatishlar asosida yig`ilgan bilimlardan iboratligi uchun emperik deb ataladi, ularni qanday qilib umumiylashtirish keying masala. Bilish doimo yangi tushuncha va nazariyalar yaratish bilan bog`liq. Ko`pincha muhandis bilan suhbat davomida “yo`l-yo`lakay” ekspert yangi bilimlarni yaratayotgandek. Bilimlar muhandisi quyidagi metodologik zanjir yordamida ekspert bilimlarini talqin qiladi:
Fakt umumlashgan fakt emperik qonuniyat nazariy qonuniyat
Bilim strukturasi 2 qismdan iborat:
emperik (kuzatish, hodisa)
nazariy (qonuniyatlar, abstraktsiya, umumlashma)
Ilmiy bilim kriteriyasi. Nazarya – nafaqat ilmiy bilimlarni umumlashgan qatiy tizimi, balki yangi bilimlarni ochishning usullari hamdir.
Ilmiylikning asosiy metodologik kriteriyalari quyidagilar:
ichki moslik va to`g`rilik
tizimlilik
xolisonalik
tarixiylik
Ichki moslik va to`g`rilik. Bu kriteriya emperik jihatdan bir qarashda ishlamaydigandek. Bilimning to`liq emasligi predmet sohasini to`liq tafsiflanmasligi bilan bog`liq
2. Tizimlilik. Tizimli yondoshuv ixtiyoriy predmet sohasini bir necha o`zaro munosabatdagi qismlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida tahlil etishga yo`naltirilgan.
3. Obyektivlik. Bilish jarayoni chuqur subektiv, demak u o`rganilayotgan subekt xususiyasiga bog`liq. Subektivlik faktlarni aniqlashtirilganda paydo bo`ladi va obektni ideallashtirgan sari chuqurlashib boradi
4. Tarixiylik. Bu kriteriya taraqqiyot bilan bog`liq. Bugunni anglash – o`tmishni anglash bilan bog`liq.
Dostları ilə paylaş: |