Сунъий интеллект


-maruza: Bilimlarni olishning o`ziga hos jihatlari



Yüklə 413 Kb.
səhifə33/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Сунъий интеллект

18-maruza: Bilimlarni olishning o`ziga hos jihatlari

Reja:


  1. Bilimlarni egallashning psixologik aspektlari

  2. Gnoseologik (epistologik, falasafada “bilish nazariyasi”) aspektlari

  3. Bilimlarni egallashning lingvistik aspektlari


Kalit so`zlar:
Psixologik aspect, gnoseologiya, aloqa qatlami, amaliy qatlam, kognitiv (o`rganish) qatlami, lingvistik aspect, umumiy kod, tushunarli tuzilma, tezaurus, foydalanuvchi lug`ati.

Bilim olishning psixologik jihatlari.
Bilim olishning psixologik jihatlari bilimlar muhandisi va bilim manbaasi - ekspert orasidagi o`zaro munosabatning samarali va muvaffaqqiyatli bo`lishida asosiy omili hisoblanadi, sababi bilim to`planishi bevosita Ekspert tizimyaratuvchilari orasidagi muloqoti natijasi hisoblanadi.

Shu narsa malumki, og`zaki muloqot jarayonida axborotning yo`qolishi quyidagicha kattalikka ega:


Ekspert o`ylaydi 100% axborotni
So`z shaklida ifodalaydi 90%
Aytib beradi 80%
Eshitiladi 70%
Tushuniladi 60%
Bilimlar muhandisi xotirasida qoladi 24%

Bilimlarni olsihning psixologik jihatlari strukturasi:



  1. Aloqa qatlami

  2. Harakat qatlami

  3. O`rganish qatlami

Bilimlarni egallashda quyidagi tuzilmaviy modelni qo`llashimiz mumkin:

  • muloqot ishtirokchilari (sheriklar)

  • muloqot vositalari (protsedura)

  • muloqot mavzusi (bilim)


Aloqa qatlami. Ko`pgina psixologlar takidlashicha, ixtiyoriy kollektiv jarayonga guruh ishtirokchilari orasidagi atmosfera tasir etadi. Tajribalar natijasidan ma`lumki, do`stona muhit guruhning alohida azolari imkoniyatlaridan ko`ra ko`roq natijaga erishishga olib keladi. Ayniqsa, dasturiy taminot yaratuvchilar konkurent muhitdan ko`ra kooperativ muhitni afzal bilishadi. Kooperativ muhit uchun hamkorlik, o`zaroharakat, bir-birini yutug`idan xursandchilik jihatlari mavjud bo`lsa, konkurent muhitda esa individuallik, a`zolar o`rtasida raqiblik hususiyatlari mavjud (muloqotning eng quyi shakli).
Jarayonga tasir qiluvchi quyidagi bir nechta shaxsiy xarakter va xususiyatlarni sanash mumkin (bilimlar muhandisi ularga ega bo`lishi kerak):

  • do`stonalik va yaxshi niyatlilik

  • yumor tuyg`usi

  • yaxshi xotira, etibor

  • kuzatuvchanlik

  • tasavvur va taassurot

  • sabot va tirishqoqlik

  • kirishuvchanlik va topqirlik

  • tahlil qila olish

  • jozibador ko`rinish va kiyinish uslubi

  • o`ziga ishonch


Protsedura qatlami. Bilimlar muhandisi ekspert bilan ilmiy ishonch va o`zaro tushunish muhitiga muvaffaqqiyatli erishgach (aloqa qatlami), bu muhitdan samarali foydalana olishi ham kerak. Bu qatlamda bilimlarni olishning protsedurasi asosiy masala hisoblanadi. Bu yerda aloqa qatlamida kerak bo`lgan ziyraklik va yoqimlilikdan ko`ra professional bilimlar ko`proq kerak bo`ladi. Ekspert bilan bo`ladigan suhbat shinamgina honada yuzma-yuz tarzda o`tishi, hona yoritilganligi, harorat, shinamlik bevosita kayfiyatga tasir etadi. Choy yoki kofe do`stona atmosferani hosil qiladi. Amerikalik psixolog I. Atvater bu kabi suhbatlarda eng optimal masofa 1,2 m dan to 3 m gacha deb hisoblaydi. Minimal “qulay” masofa 0,7-0,8 metr hisoblanadi.

Shaxsiy fikrlarni rekonstruksiya qilish – qiyni mehnat va shu sababli bitta seansning uzunligi 1,5-2 soatdan oshmasligi zarur. Shu ikki soatni ham kunning birinchi yarmida o`tqazgan ma`qul (masalan 10 dan 12 gacha). Suhbat jarayonida 20-25 minutlarda o`zaro toliqish paydo bo`lishi sabab orada tanafuslarni ham nazarda tutish kerak.


Ixtiyoriy bilimlar muhandisida o`zining unikal suhbat manevri bor. Kimdir tez gapirsa, kimdir sekinroq; kimdri balandroq gapirsa, kimdir pastroq va hk. Gapirish uslubini o`zgartirib bo`lmaydi – u insonda avvaldan shakillanadi. Bilimlarni olish esa – bu professional suhbatni talab qiladi va bu jarayonga jumlalar uzunligi ham tasir qiladi. (tilshunos Ingve va psixolog Miller)

Aniqlanishicha, inson 72 ta so`zdan iborat jumlalarni yaxshi qabul qiladi. Bu son (72) Ingve-Miller soni deb ataladi. Uni nutiqning “suhbatlilik” o`lchami deb ham hisoblashadi.


Natijalarni bayonnomalashtirishni 3 ta uslubda tashkil qilish mumkin:

  • suhbat jarayonida qog`ozga yozib borish (kamchiligi – suhbatga halal beradi, stenograf ko`nikmalarga ega bo`lsa ham barchasini yozib olish qiyin hisbolanadi)

  • magnitafonga yozib olish muandisga butun suhbatni va o`zining harakatlarini qayta tahlil etishga yordam beradi (kamchiligi – ekspertni cheklab qo`yishi mumkin)

  • Suhbatdan so`ng hotirada qolganlarni eslab chiqish (kuchli xotiraga ega analitiklarga mos keladi)

Kognitiv qatlam. Kognitiv psixologiya (ingl. Cognition – dunyoni bilish, anglash) inson atrof-dunyoni o`rganishda ishlatadigan metodlarni o`rganadi. Bilimlar muhandisiga kognitiv psixologiya nuqtai nazaridan quyidagi maslahatlarni berish mumkin:

  • muhandisga qulay bo`lgan uslubda taqdim etishga ekspertni majburlamaligi kerak.

  • Ekspert bilan turli hil metodlardan foydalanish kerak, “qulf-kalit” kabi ekspertga mos metod bo`lishi kerak degan shartdan uzoqlashish kerak.

  • Protseduraning bosh maqsadini aniq belgilab olish kerak, bu ekspert va muhandis munosabatlari va natijada hosil bo`ladigan asosiy tushunchalarga bevosita tasir etadi.

  • Ekspert fikrlarini aks ettiruvchi chizmalardan ko`proq foydalanish kerak. Bu muhandis hotirasida malumotlarni obrazli ko`rinishda saqlanishiga yordam beradi.




Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin