Suv resurslarini integral boshqarish va havzaviy rejalashtirish asoslari



Yüklə 39,76 Kb.
səhifə6/7
tarix18.05.2022
ölçüsü39,76 Kb.
#58493
1   2   3   4   5   6   7
SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH VA HAVZAVIY REJALASHTIRISH ASOSLARI

1.4.2. Aholini suv bilan ta’minlash
Dunyo aholisining beshdan bir qismida xavfsiz ichimlik suvi yetarli emas, yarmi esa tegishli sanitar sharoitlarga ega emas. Mazkur kamchiliklar asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qashshoq qatlamlariga tegishlidir. Bu mamlakatlarning shahar va qishloq aholi yashash punktlaridagi suv ta’minoti va sanitariya talablarini qoniqtirish oldinda turgan jiddiy muammolar sanaladi. Keltirilganlarni hal qilish bo’lg’usidagi investitsiya loyihalarida jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi.


1.4.3. Oziq-ovqat ishlab chiqarishda suv ta’minoti
Aholi o’sishi bashoratiga asosan so’nggi 25 yilda qo’shimcha 2-3 milliard kishiga oziq-ovqatni ishlab chiqarishni talab etiladi. Oziq-ovqat ishlab chiqarishda suv resurslarining tanqisligi yer resurslariga nisbatan jadalroq ortib boradi. Sug’orma dehqonchilikda 70 foizdan ortiq suv foydalaniladi (90 foizdan ziyodroq qaytimsiz suv iste’moli). Kelgusi 25 yilda sug’orish suvlariga talabning 15-20% ortishi hisobiga olsak, iqtisodiyotning boshqa sohalari va ekotizim bilan sug’orma dehqonchilik o’rtasida suv ta’minoti bo’yicha jiddiy ziddiyatlar kelib chiqishi ehtimoli mavjud. SRIB qo’shimcha suv manbalari izlay borib, suvdan foydalanish, suv ta’minoti va ehtiyojlarini boshqarish, suvdan foydalanuchilar o’rtasida suvning adolatli taqsimoti, shuningdek tashlama suvlarni tozalash va qayta ishlash darajasini oshirish orqali katta imkoniyatlar yaratadi.


1.4.4. Hayot uchun muhim ekotizim muhofazasi
Suv xo’jaligi muammolari atrof-muhitga, resurs salohiyatiga va aholi salomatligiga zarar yetkazadigan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Orol dengizining ekologik halokati – Markaziy Osiyoda suv resurslarini nomukammal boshqarishning oqibatlarini yorqin namooyon etadi – ekologik halokat hududida 1863 ming aholisi bo’lgan 178 aholi punktlari joylashgan. Ichimlik suvi ta’minoti 25%ni tashkil etib, asosan ochiq suv havzalaridan va tashib kelinadigan suvlardan iborat. Salbiy ekologik vaziyat oqibatlari sifatida asosan ayollar va bolalar o’rtasidagi oshqozon-ichak kasalliklari va kamqonlik, bolalar o’limi va tug’ma kasalliklar va boshqalarni keltirish mumkin.
Suv tanqisligi va suvning ifloslanishi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mahsulotlarining mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Zararlangan yerlarda yetishtirilgan mahsulot sifatsizligi tufayli bozor raqobatiga dosh berolmaydi va o’z harajatlarini qoplamaydi.
Suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining eskirishi yoki ulardan noto’gri foydalanish ularning shikastlanishi, buzilishi natijasida gidrodinamik avariyalar sodir bo’lishi tufayli ulkan iqtisodiy zararlar keltirishi bilan birga ko’p sonli insonlar halok bo’lish xavfini oshiradi.
Kelajakda global isish muammosi fermer xo’jaliklarining kengayishi, ishlab chiqarish rivojlanishi natijasida ijtimoiy farovonlik yaxshilanishiga paradoksal holda keskinlashishi ketilmoqda. Faqat barcha darajada muhim bo’lgan suvdan foydalanuvchilar hissasi va ekologik barqarorlik ta’minlanishi hisobiga olinadigan suv boshqaruviga kompleks (integral) yondashuvi joriiy etish orqali bunday rivojlanish ssenariysining oldini olish mumkin.
Tabiiy va tabiiy-texnogen sikl barqarorligiga o’tishning asosiy sharti – suv manbalari va foydalanish hududlari o’rtasidagi, shuningdek, yer ustki va yer ostki suvlari o’rtasidagi o’zaro salbiy ta’sirlarni keskin kamaytirish hisoblanadi.
Gidrografik hudud ekologik barqarorlik mezoni nuqtai nazaridan bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan tabaitni muhofaza qilishning ikki prinsipial jihatini ko’zda tutish belgilangan: manbadagi suv sifati va iqtisodiy foydalanish hududida chiqindilar to’planishi.
SRIB tizimini ekotizim yondashuviga muvofiq ishlab chiqish.
So’nggi o’n yil ichida suv faoliyaida ekotizim yondashuvidan yanada kengroq foydalanmoqda, unga muvofiq suv havzasi butun bir ekotizim sifatida qaraladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda SRIB ekotizimlariga zarar minimal (ekologik barqarorlik) bo’lishini ta’minlaydi.
Sog’lom suv ekotizimi suv iste’molchilarini zaruriy hajm va sifatida suv bilan ta’minlash uchun zarur bo’lgan suv resurslarining barqaror ekologik holatini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, quyidagilardan ekotizim salohiyati mavjud.

  1. Aholini zarur tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda:

  • suv toshqinlarining oldini olish;

  • suv oqimi va suv bilan ta’minlashni tartibga solish;

  • yer usti va yer osti suvlarining sifatini yaxshilash;

  • cho’kindilar tutib qolinishi;

  • tuproq eroziyasini kamaytirish;

  • daryolar qirg’oqlari va qirg’oq nishabliklarini barqarorlashtirish va ko’chkilar ehtimolini pasaytirish;

  • Suv infiltratsiyasini kamaytirish;

  • tuproqda nam saqlanishini ta’minlash va yer osti suvlarining to’yinishiga ko’maklashish.

  1. Baliqchilik, turizm, sog’liqni saqlash va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish.

Ekotizim yondashuvi barcha suvdan foydalanuvchilarning manfaatlarini, shu jumladan, ekotizimning o’z suvga bo’lgan ehtiyojlarini ham hisobga olish imkonini beradi.
SRIBning ekologik komponentini joriy etishga quyidagi tadbirlar kiradi:

  • Hukumat organlari, suv xo’jaligi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarning suv ekotizimini saqlash va tiklashdagi noqonuniy roli, vazifalari va majburiyatlarini belgilash;

  • Suv bilan bog’liq ekotizimlarni tashkil va barqaror rivojlantirishda transchegaraviy suvlar va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan xalqaro bitimlar va tadbirlarda ko’zda tutilgan jihatlar milliy qonun va qoidalarga kiritish;

  • Suv resurslarini boshqarishda qo’llanilib kelingan “suv obyekti” atamasidan kengroq ma’no kasb etuvchi “suv ekotizimi” amaliyotiga o’tish;

  • Ekotizim resurslarining muvofiqligini suv va jamiyat ehtiyojlari bilan bog’liqlikda baholash;

  • Suv ekotizimlari tomonidan yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik qiymatini aniqlash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Ekotizim xizmatlari uchun to’lov tizimini joriy qilish;

  • Ekotizimning barqaror, adolatli va ilmiy asosda suv bilan ta’minlanishini tabiiy va suv resurslaridan kompleks foydalanish va himoya qilish sxemalarida hisobga olish;

  • Havzalar va daryolarning quyi oqimlarida ekologik popusklarga qo’yiladigan minimal talablar metodologiyasini ishlab chiqish;

  • Ekotizim yondashuvi va suv ekotizimlarini muhofaza qilish zaruriyatini hisobga olgan holda suv qonunchiligini takomillashtirish;

  • Suv ekotizimlarini va suv sifati maqomini monitoring qilish tizimini yaratish.


Yüklə 39,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin