Suv resurslarini integral boshqarish va havzaviy rejalashtirish asoslari


Suv xo’jaligi majmuasi (SXM) to’g’risida qisqacha ma’lumot



Yüklə 39,76 Kb.
səhifə4/7
tarix18.05.2022
ölçüsü39,76 Kb.
#58493
1   2   3   4   5   6   7
SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH VA HAVZAVIY REJALASHTIRISH ASOSLARI

1.2. Suv xo’jaligi majmuasi (SXM) to’g’risida qisqacha ma’lumot


Suv xo’jaligi majmuasi (SXM) – bir suv havzasi suv resurslarini birgalikda iste’mol qiluvchi va foydalanuvchi xalq xo’jaligining turli tarmoqlari majmuasidir. Majmuani tuzish, ya’ni uning asoslangan tarkibini va qatnashuvchilari sonini tanlash murakkab masala hisoblanadi.
Suv xo’jaligi majmuasini asoslashda o’zaro bir-biri bilan bog’liq uch qismni: tabiiy, iqtisodiy va texnik qismni olish zarur. Tabiiy qism SXM xizmat ko’rsatish va uning rivojlanishi bilan bog’liq; iqtisodiy qismi barcha tegishli tarmoqlarni va alohida suv iste’molchilari manfaatlarini hisobga oladi, uning vazifasi iqtisodiy samaradorlik yuqori darajada bo’lishini yoki yetarli miqdorda suv ta’minoti bo’lmagan taqdirda yuz beradigan zararni minimallashtirishdir. SXMning bu qis-mini asoslash sarmoyani va xarajatlarni xolisona taqsimlash imkonini beradi; SXMning texnik qismi konkret mahalliy sharoitlarda SXM faoliyatini ta’minlovchi obyektlar va tadbirlarning o’zaro bir-biri bilan bog’liq texnik yechimlari tizimini tashkil qiladi.
SXMning vazifasi alohida bir tarmoqni emas, balki butun bir xalq xo’jaligi uchun iqtisodiy samaradorlikni ta’minlab, uning atrof-muhitga salbiy ta’siriga yo’l qo’ymaslikdan iborat. SXM obyektlari suv resurslarini ifloslanishdan va miqdori kamayib ketishidan muxofaza qilish, yetarli darajada oddiy va ishonchli eksplz uatatsiya qilish imkonini berishi lozim.
Suv manbalarining foydali xossa va xususiyatlaridan amalda foydalanishga qaratilgan, ijtimoiy, texnikaviy, iqtisodiy tadbirlar turkumi suv xo’jaligi majmuasi (SXM) tashkil qiladi. Manbaning u yoki bu foydali xossa va xususiyatidan amalda foydalanuvchi xalq xo’jaligi tarmog’i majmua qatnashuvchisi (SXMQ) deyiladi.
SXMda suvdan foydalanishda SRIBdan farqli o’laroq jamoatchilik jalb qilinmaydi, madaniy-texnik va ekologik ehtiyojlar hisobga olinmaydi, havza bosh-qaruvi bosh mezon sanalmaydi va asosan TCHSR boshqarish tamoyillari ko’zda tutilmaydi.

1.3. SRIB nima uchun kerak?


Suv – tiriklik, sog’liqni saqlash, mukammal hayot va insoniyat rivoji uchun asosiy manba hisoblanadi. Dunyo toza suv zaxirasi o’sib boruvchi bosim sifatida turibdi, shu bilan birgalikda aksariyat aholi o’z ehtiyojlarini qoniqtirish uchun ye-tarli suv ta’minotiga ega emas. Aholi o’sishi, iqtisodiy faoliyatning jadal rivojlani-shi va turmush darajasining yuksalishi toza suv zaxiralarini cheklash bilan bog’liq raqobat va ziddiyatlarning ortishiga olib keladi.


Dunyo toza suv tanazzulining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

  • Dunyodagi suv zaxirasining faqat 0.4 foiziga insonlar egalik qiladi.

  • Hozirda 40dan ortiq davlatdagi 2 milliarddan ziyod kishi suv tanqisli-gidan aziyat chekmoqda.

  • 263 daryo havzalari ikki yoki undan ko’p davlatlarga tegishli.

  • Har kuni suv zaxiralariga 2 million tonnadan ortiq chiqindi tashlanmoqda.

  • Rivojlanayotgan davlatlarning yar-midan ko’p aholisi ifloslangan manba-lardan foydalanishmoqda, bu esa turli kasalliklar ortishiga sabab bo’lmoqda.

  • 90% tabiiy ofatlar suv balosi bilan bog’liqdir.

  • Yer shari aholisining so’nggi 50 yil ichida 9 milliardga yetishi suv resurs-larini boshqarishning bosh omili hisoblanadi.

Suv zaxirasi o’sib boruvchi antropogen bosim ta’sirida turibdi;



  • Aholi o’sishiga mos ravishda suv olinishi ikki martadan ziyod o’sdi, shu bilan birgalikda yer shari aholisining uchdan bir qismi turli darajadagi suv tanqisligini boshidan kechirmoqda.

  • Ifloslanish quyi oqimda suvdan foydalanishning qisqarishiga va suv tanqisligining ortishiga olib kelmoqda;

  • Ma’muriy asosdagi “yuqoridan pastga” tamoyili bo’yicha suv resurslarini boshqarish nomuvofiqligi;

  • Jadal rivojlanishda atrof-muhitga ta’sirining ortishi;

  • Mavjud sharoitdagi iqlim o’zgarishlari yuz berish ehtimoli bor tabiat hodi-salarining oldini olish maqsadida suv resurslarini boshqarishni mukammal-lashtirishni talab etadi.

SRIBning muhim ahamiyatga ega ekanligini quyidagi omillar orqali bilib oli-shimiz mumkin:

  • SRIB bir me’yordagi, barqaror va kafolatli suv ta’minoti hamda yer melioratsiyasi orqali hosil yo’qolishini bartaraf etib va suv mahsuldorligini oshirib daromadlar ortishiga, bu esa qashshoqlikning kamayishiga zamin yaratadi.

  • SRIB xususiy va tashqi investitsiyalarni jalb qilib bir necha sohalarni birgalikda rivojlantirish orqali suv tejamkorligini oshirib, qo’shimcha va ikkilam-chi ekinlar ekilishiga imkoniyat yaratadi, natijada bandlik va daromadlar ortadi.

  • SRIB barqaror ichimlik suvi tizimi ta’minotini yaratib, daryo va man-balardagi suv sifatini yaxshilash orqali aholi sog’lig’ini yaxshilash imkoniyatini tug’diradi.

  • SRIB tabiat talablari uchun suv ajratilishini ta’minlaydigan suvning ekotizimdagi rolini har taraflama ko’zda tutib atrof-muhitning tiklanishi va muho-faza qilishni imkoniyatini yaratadi.

  • Va nihoyat, SRIB gidroenergetika taraqqiyotiga erishib, suv energiya-sidan keng foydalanish orqali aholining elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash-ga zamin yaratadi.

  • SRIBga keng jamoatchilikni jalb qilish insoniyatning suv haqidagi bi-lim darajasini oshirib, amaliy bilim ko’nikmalari paydo bo’lishi imkonini tug’dira-di.



Yüklə 39,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin