SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH VA HAVZAVIY REJALASHTIRISH ASOSLARI
Integral boshqarish barcha turdagi suvdan foydalanuvchilar birgalikda ko’z-da tutilishini ifoda etadi. Suv resurslari boshqaruvi va taqsimoti bo’yicha qarorlar barcha turdagi suvdan foydalanuvchilarning boshqasiga ta’sirini hisobga oladi. Bunda barqaror rivojlanishga erishishni ko’zda tutuvchi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar e’tiborga olinadi. Ko’ramizki, SRIB asosiy konsepsiyasi birgalikdagi qarorlar qabul qilishini ta’minlash asnosida kengayadi. Barcha turdagi foydalanuv-chi guruhlar (fermerlar, jamoatlar, atrof-muhit himoyachilari va hokazo) suv re-surslarini boshqarish va rivojlantirish strategiyasiga ta’sir ko’rsartishi mumkin. Bular foydali sanaladi, chunki joylardagi o’z-o’zini boshqaruv natijasida suv ta’minoti taqsimoti va tejamkorligi masalalari oshkora hal qilinishi markazlashgan boshqa-ruv va nazoratga nisbatan samaraliroq hisoblanadi.
Boshqaruv keng ma’noda qo’llaniladi. Bu yerda alohida ta’kidlash lozimki, biz faqat suv resurslarini rivojlantirishga e’tibor qaratmasdan, balki suv xo’jaligini ongli ravishda boshqaruv asosida kelgusi avlod uchun suv resurslaridan davomli va barqaror foydalanish kafolatini yaratishimiz lozim.
Shu sababli, suv resurslarini integral boshqarish uzluksiz jarayon hisoblanib, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalar asnosida suv resurslarining barqaror rivoji, taqsimoti va undan foydalanishni ta’minlashdir. Boshqacha ta’rifda, SRIB – bu suv xo’jaligi tizimidagi manfaatdor tomonlar (suv yetkazib beruvchilar va suv iste’-molchilari) manfaatlariga mos ravishda maqbul yechimdagi tashkiliy,texnik-iqtisodiy omillarni hisobga olib va atrof-muhit xavfsizligini barqaror ta’minlaydi-gan suv resurslarining oqilona boshqaruvidir.
Bu hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlarda qo’llanilayotgan ma’muriy-idoraviy yondashuvlarga zid. Ya’ni ichimlik suvi ta’minoti mas’uliyati bir tashkilotga yuk-latilgan bo’lsa, sug’orish suvlarini yetkazib berish va taqsimoti ikkinchi bir tashki-lotga yuklatiladi. Sohalar o’rtasidagi aloqalar qoniqarsizligi suv resurslari nomuvo-fiq boshqarilishi va rivojlanishiga, ziddiyatlar yuzaga kelishiga sabab bo’lib, beqa-ror tizimni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
SRIB uning amaliy mohiyatini belgilovchi bir qator muhim tamoyillarga asoslanadi. Mazkur tamoyillarning umumlashgan ko’rinishi quyidagilardan iborat;
suv resurslarini boshqarish aniq bir daryo havzasi morfologiyasiga mos ravishda gidrografik chegaralar hududida amalga oshiriladi;
boshqaruv, mintaqaning iqlimiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, barcha turdagi suv resurslarini (yer ustki, yer ostki va qaytim suvlar) nazarda tuta-di;
barcha suv turlari va suvdan foydalanuvchilarning hamma turlarini kompleks ravishda hisobga olish;
barcha turdagi suvdan foydalanish va suv resurslarini boshqaruvchi tashkilotlarning gorizontal bo’yicha sohalararo va vertikal bo’yicha suv xo’jaligi ierarxiyasining turli darajalari (havza, havza osti, sug’orish tizimi, SIU, xo’jalik) o’rtasida uzviy bog’liqlik;
jamoatchilik ishtiroki (suvdan foydalanish rejalarini muhokama qilish-da suvdan foydalanuvchilarning ishtiroki, hashat va h.k.);
madaniy-texnik va ekologik ehtiyojlarni hisobga olish;
nafaqat boshqaruvda, balki suv xo’jaligi infratuzilmasini moliyalashti-rish, qo’llab-quvvatlash, rejalashtirish va rivojlantirishda umumjamiyat ishtiroki;
suv xo’jaligi tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilarning suvni tejash va suv yo’qotishlariga qarshi kurash tadbirlari; suv resurslarini boshqarish bilan bir qatorda suvga ehtiyojlarni ham boshqarish;
suv resurslarini boshqarish tizimida ma’lumot ta’minoti, oshkoralik va aniqlik;
boshqaruvning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, salo-hiyatni oshirish (kompyuterlashtirish, suv xo’jaligi hodimlarining malakasini oshi-rish) va h.k.
SRIB tamoyillarini amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
siyosiy muhit (“rahbarlik”): qonunlar, xalqaro bitimlar, siyosiy iqlim, ijtimoiy sharoit va uvtuvorliklar, ijtimoiy ishtirokka munosabat, iqtisodiy ahvol moliyalashtirishda davlat e’tibori va ishtiroki, davlat ustuvorliklari va hokazo. Aynan “rahbarlik” yuqorida keltirilgan SRIB tamoyillarini, ularni tegishli boshqa-ruv mexanizmlari bilan ta’minlab, tan olishi, qo’llab-quvvatlashi va umumiy qoi-dalarga o’rgatish lozim;
boshqaruv obyektlari: barcha turdagi suv resurslari; beriladigan suvni boshqarish va o’lchash uchun gidrotexnik inshootlar; yer resurslari jumladan, sug’oriladigan yerlar, tabiiy majmualar; irrigatsiya tizimlari;
boshqaruv ishtirokchilari: suv xo’jaligi tashkilotlari va ularning ho-dimlari; suvdan foydalanuvchilar; davlat va nodavlat tashkilotlari; barcha ijtimoiy guruhlar; loyiha egalari va yakuniy foydalanuvchilari; xususiy sektor va munisipal organlar;
boshqaruv mexanizmi: turli miqyosdagi loyihalar; qonuniy va institutsional vositalar; boshqarish, iqtisodiy vositalar (to’lov uslublari, jarima sanksiyalari, ruxsat berish va rag’batlantirish); modellashtirish; “yuqoridan pastga” va “pastdan yuqoriga” yondashuvlari; me’yorlar; tarmoq avtomatlashtiruvi va boshqalar;
tabiiy sharoitlar: iqlimiy, geomorfologik, geologik, gidrogeologik, tuproq va biologik.