1.4.5. Ayollar tengsizligi
Suv resurslarini boshqarishda erkaklar ustunlik qiladi. Ayollar soni ortib borishiga qaramasdan ularning suv xo’jaligi tashkilotlariga jalb qilinishi haddan tahqari cheklangan. Hozirda suv ta’minoti va kanalizatsiyasi tizimidan foydalanish, suv yetkazib berish va suv xo’jaligi ekspluatatsiyasi tadbirlari bo’yicha qarorlar qabul qilishda asosan erkaklar ishtirok etadi. SRIB falsafasining muhim jihati shuki, barcha suvdan foydalanuvchilar, u boymi yoki qashshoqmi, erkakmi yoki ayol bo’lishidan qat’iy nazar kundalik manfaatlariga dahldor masalalarga ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
1.5. Suv resurslarini integral boshqarish prinsiplari
1992-yilgi Dublin konferensiyasida, kelgusida suv xo’jaligida amalga oshiriladigan dunyo miqyosidagi islohotlarning negizini tashkil qiluvchi suv resurslarining negizini tashkil qiluvchi suv resurslarini integral boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagi 4 qoida ko’rinishida ilgari surilgan.
1-prinsip. Toza suv – tugab borayotgan va kamyob resurs bo’lib, hayotni barqaror saqlash, rivojlantirish va atrof-muhit uchun muhimdir.
Suv hayot manbai, suv resurslarining samarali boshqaruvi tabiiy ekotizim himoyasi bilan birgalikda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog’liqlikdagi yondashuvlarni talab etadi. SRIB ma’lum bir suv havzasi yoki yer osti suvi manbai hududidagi barcha yerdan va suvdan foydalanuvchilarni o’zaro bog’laydi va iqtisodiyotning barcha faoliyati turlarida suvdan foydalanishni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
2-prinsip. Suv resurslarini boshqarish va rivojlantirish barcha darajadagi foydalanuvchilar, loyihalar va siyosatchilar ishtirokidagi har tomonlama yondashuvlarga asoslanishi lozim.
Mazkur yondashuv siyosatchilar hamda aholi o’rtasidagi suv resurslarning muhimligi haqidagi tushunchaning oshishiga
Dostları ilə paylaş: |