Suv resurslarini integral boshqarish va havzaviy rejalashtirish asoslari


Qo’llanma tijorat maqsadlarida tarqatilmaydi



Yüklə 39,76 Kb.
səhifə2/7
tarix18.05.2022
ölçüsü39,76 Kb.
#58493
1   2   3   4   5   6   7
SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH VA HAVZAVIY REJALASHTIRISH ASOSLARI

Qo’llanma tijorat maqsadlarida tarqatilmaydi.
“Info Capital Group” nashriyoti, 2019.

Qisqartmalar ro’yxati




AMTB

Atrof-muhitga ta’sirni baholash

BMT TD

Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi

DMSXK

Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo’jaligi komissiyasi

GMT

Gidromeliorativ tizim

GSH

Global suv hamkorligi

YSK

Yer-suv komissiyasi

ITB

Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi

ITHB

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

IXT

Irrigatsiya xizmatlari uchun to’lov

KSH

Kanal suv qo’mitasi

MKB

Magistral kanal boshqarmasi

NNT

Nodavlat notijorat tashkiloti

OAV

Ommaviy axborot vositalari

SIB

Suv iste’molchilari birlashmasi

SIG

Suv iste’molchilari guruhlari

SIU

Suv iste’molchilari uyushmasi

SIUF

Suv iste’molchilari uyushmasi federatsiyasi

SRIB

Suv resurslarni integral boshqarish

SRIBSOXH

Suv resurslarni integral boshqarish salohiyatini oshirish Xalqaro Hamjamiyati

SFU

Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi

SXB

Suv xo’jaligi birlashmasi

SXBB

Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi

SHB

Suv havza birlashmasi

SXT

Suv xo’jaligi tashkiloti

TV

Texnik vazifa

TMDQ

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi

EvaTXK

Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko’rsatish

QvaSXV

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

SHTHA

Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

ATAMALAR VA ULARNING MOHIYATI


Atamalar

Mohiyati

1.Suv iste’moli (suvni iste’mol qilish

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish

2. Suv iste’molchilari uyushmasi

Yuridik shaxs bo’lgan suv iste’molchilari tomoni-
dan suvga doir munosabatlar sohasidagi o’z faoli-
yatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti

3. Suv obyekti

Suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to’planadi-
gan va suv rejimining o’ziga xos shakllari va bel-gilari bo’lgan tabiiy (jilg’alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari tabiiy (ko’llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to’planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari,shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar

4. Suv obyektlarini muhofaza qilish

Suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi

5. Suv rejimi

Suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi va sarfi va hajmining vaqt bo’yicha o’zgarishi

6. Suv resurslari

Foydalaniladigan va foydalanishi lozim bo’lgan suv obyektlari suvlari

7. Suv xo’jaligi

Iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini o’rganish, hisobga olish, boshqarish, ularda foyda-lanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek, suvlar-ning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog’i

8. Suv xo’jaligi obyekti

Suv resurslarni to’plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo’jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti

9. Suv xo’jaligi tashkiloti

Faoliyati suvni boshqarish, yetkazib berish, suvni qayta ishlash va uning muhofazasi, oqava suvlarni chiqarib tashlash hamda suv xo’jaligi obyektlari




ekspluatatsiyasi bilan bog’liq yuridik shaxs

10. Suvdan foydalanish

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv re-
surslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan
o’z ehtiyojlari uchun foydalanish

11. Suvdan foydalanuvchi

Suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs

12. Suv taqsimoti

Suvni olish va uni suvdan foydalanuvchilarga yetkazib berish jarayoni

13. Suvni tejash

Suv resurslaridan samrarali va oqilona foydalanishni ta’minlaydigan tadbirlar tizimi

14. Suv mahsuldorligi

Sug’orishga sarf qilingan bir birlik suvdan olinadi-gan qishloq xo’jaligi ekinlari mahsulotining miqdori

15. Suvlarning zararli ta’siri

Suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlar-ning o’zga ta’sirlari natijasida ayrim tabiiy-xo’jalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa cho’kishi, botqoqlanishi, sho’rla-nishi va boshqa salbiy hodisalar

16. SRIB

Suv xo’jaligi tizimidagi manfaatdor tomonlar ( suv yetkazib beruvchilar va suv iste’molchilari) manfaatlariga mos ravishda maqbul yechimdagi tashkiliy, texnik-iqtisodiy omillarni hisobga olib va atrof-muhit xavfsizligini barqaror ta’minlaydi-gan suv resurslarining oqilona boshqaruvi

17. Gidromeliorativ tizim

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishga xiz-mat qiluvchi texnologik uzviy bog’langan gidro-texnik inshootlar, qurilmalar, uskunalar va sug’ori-ladigan maydonlar majmui

18. Transchegaraviy suv obyektlari

Ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari

19. Transchegaraviy suvlar

Ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o’tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari

I. SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH (SRIB) HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TAMOYILLARI.


SRIBNING SUV RESURSLARIDAN KOMPLEKS FOYDALANISH VA UNI MUHOFAZA QILISHDAN FARQI

1.1. SRIB haqida tushuncha


“SRIB – bu suvdan va tabiiy resurslardan foydalanishning turli sohalari va ierarxiya darajasida manfaatlarini bir-biri bilan bog’laydigan mavjud barcha turdagi (yer ustki, yer ostki va qaytar) suvlari hamda gidrografik chegara hududi-dagi u bilan bog’liq yer va boshqa tabiiy resurslarni hisobga olgan holda ularning o’zaro ta’siriga, jamiyat barqaror rivoji va tabiat muhofazasi borasida qarorlar qa-bul qilish, rejalashtirish, moliyalashtirish hamda suv resurslarini qo’riqlash va ri-vojlantirish uchun manfaatdor tomonlarni jalb qilishga asoslangan boshqaruv tizi-midir”.


Suv resurslarini integral boshqarish mantiqiy va dolzarb konsepsiya hisobla-nib, uning asosini barcha turdagi suvdan foydalanuvchilarning o’zaro chambarchas bog’liq munosabatlari tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi ekini dalalariga beriladigan katta miqdordagi sug’orish me’yorlari va suv tashlamalari toza ichimlik suvi ta’mi-noti yoki sanoatda foydalanish zaxiralarining kamayishiga olib keladi; munisipal va sanoat oqava suvlari daryolarni ifloslantiradi va ekotizimga xavf tug’diradi; ba-liqchilik va ekotizimni qo’llab-quvvatlash uchun daryolar suvidan foydalanishning ortishi qishloq xo’jaligi ekinlariga ajratiladigan suv miqdorini kamayishiga olib keladi. Boshqarilmaydigan chegaralangan suv resurslaridan tejamsiz va beqaror foydalanishga ko’plab misollar keltirish mumkin.

Yüklə 39,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin