Suvda va Quruqda yashovshilarning tuzilishini baka misolida kurib chiqamiz



Yüklə 315,66 Kb.
səhifə11/12
tarix17.06.2023
ölçüsü315,66 Kb.
#131648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Azizbek ZOODAN KURS ISHI

Redutsentlar - hayot faoliyati davomida (bakteriyalar, zamburug‘lar) organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalovchi organizmlar.
Sistematikaturlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi.
Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi.
Trofik aloqa - bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishidagi munosabat.
Fauna – hayvonlar majmuasi(suv, quruqlik, qirg‘oq, orol faunalari farq qilinadi.
Filogenez – tarixiy rivojlanish .
Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi.
Termoregulyatsiya (termo... va lot. regulo — boshqaraman) — odam va issiq qonli hayvonlar (qushlar va sut emizuvchilar) gavda temperaturasining turgʻunligini taʼminlovchi fiziologik jarayon.
Tivit — qoʻy, echki, tuya, quyon va moʻynali hayvonlarning ingichka va mayin juni. 
Epidermis (grekchaἐπί - epi va δέρμα - derma) - hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati
 Traxeya (yun. trachys — dagʻal, gʻadirbudur)- odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining hiqildoqaan keyingi qismi.
Aorta (yun. aorta) , shotomir — odam va hayvonlar organizmidagi eng katta, uzun yagona qon tomiri. 
Arteriyalar (yun. arteria — havo kanali) — yurak va aortadan chiqib, oʻpka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomir.


XULOSA.
Qadim zamonlardan juft tuyoqlilar insonlar hayoti uchun ahamiyatli hisoblangan. Ular inson hayotida xo’jalik, iqtisodiy va ozuqaviy ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Qadimda insonlar hali o’troq hayotga moslashmasliklaridan avval, ko’chmanchi hayot kechirishgan. Xatto o’sha davrlarda ham insonlar chorvachilik bilan shug’ullanishgan. Ibtidoiy davrlardayoq insonlar yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatib xonakilashtirishgan va ulardan turli maqsadlarda foydalanishgan. Hozirgi kunda ham chorvachilik inson turmush-tarzida o’zining alohida o’riniga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham juft tuyoqlilar o’zining iqtisodiy ahamiyatiga ega. Xususan, yurtimizda chorvachilikni rivojlantirlishi, aholimizni tabiiy-toza mahsulotlar bilan ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar bermoqda. Chorvachilikni yanada rivojlantirishda quyidagi omillarga e'tibor berishimiz lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikning rivojlanishi o’ziga xos xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli mulk shaklidagi chorvachilik xo'jaliklarining faoliyat ko’rsatish, chorva mahsulotlariga davlat harid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha chorvachilik xo’jaliklari o’rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi. Bu esa bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlat, jamoa, shirkat, yordamchi, fermer va dehqon xo'jaliklari bemalol faoliyat ko'rsatishlari mumkin. Bozor iqtisodiyoti nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi. Bu esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari turlarini ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo’jaliklarning erkin raqobat qilishlari uchun xuquqiy va iqtisodiy asoslari yaratib beriladi. Barcha mulk shaklidagi xo'jaliklarda ishlab chikarishni to'g'ri tashkil qilish natijasida chorvachilik mahsulotlarini tannarxini kamaytirish, bozor imkoniyatlaridan kelib chiqib sotishni tashkil qilish, hamda asosiy chorva mahsulotlarini xo’jalikni o’zida qayta ishlab tayyor mahsulot holida sotishni taqoza etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi.
O’zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Uning xuquqiy va iqtisodiy asoslarini hukumat tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyatlar yaratib berdi. Mamlakat chorvachiligida sifat o’zgarishlar ro’y bermoqda, yoki mulk davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilmoqda, bu esa o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ko’plab fermalar xissadorlik, xususiy mulkka aylandi, yangidan minglab fermer va dehqon xo’jaliklari barpo etilmoqda. Mamlakatimizda chorvachilikni taqdirini albatta xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo’jaliklari tashkil qilishi aniq. Yildan-yilga chorva bosh sonlari ko’payib, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chikarish ko’payib bormoqda, bu asosan xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo’jaliklari evaziga ro’y bermoqda. Shunday qilib chorva bosh sonlarining asosiy qismi xususiy mulk egalari hisobiga to’g’ri kelmoqda yoki qoramollarning 85%, sigirlarning 88,2%, qo’ylar va echkilarning 65,7%, cho’chqalarning 39,9% i xususiy mulk egalari qo’lida jamlangan, shu boisdan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham xususiy mulk egalarining nisbati ancha yuqori bo’lmoqda. Mamlakatda ishlab chiqarilgan sutning 91,7%, go’shtning 89,7%, tuxumning 64,6%, junning esa 56,9% nodavlat chorvachilik korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Bu jarayon bundan keyin davom etib, nodavlat korxonalar nisbati ortib boraveradi. Ayniqsa fermer va dehqon xo’jaliklarini nisbati ortib boraveradi.
Ixtisoslashgan qo'ychilik, echkichilik, cho'chqachilik va parrandachilik fermalari undagi bosh sonlaridan qat’iy nazar, hamda 250 kam bo’lgan qoramolchilik fermalari tarqatiladi va shaxsiy mulk uchun sotiladi. Agarda qoramolchilik fermasida 250 boshdan ko’p qoramol bo’lsa u fermalar fermer xo’jaligiga aylantiriladi. Naslchilik xo’jaliklari va fermalari, baliq xovuzlari va tabiiy suv xavzalari xususiylashtirilmaydi.



Yüklə 315,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin