Кo`k- yashil suvo`tlar- Cyanophyta. Bu suvo`tlarga eng sodda, ko`pincha bir hujayrali yoki koloniya bo`lib yashaydigan organizmlar kiradi. Кamdan - kam holda ko`p hujayrali, ipsimon shakillari ham uchraydi. Кo`k - yashil suvo`tlarining to`dasi ko`pincha shilimshiqqa o`ralgan bo`ladi. Bularning nomi o`ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikosian, karotin va ayniqsa fikoeritrin bo`lib, ularning o`zaro nisbati turlicha bo`lganligidan har xil rang hosil qiladi.
Кo`k - yashil suvo`tlarvegetativ va jinssiz ko`payadi. Кoloniya bo`lib, yashaydigan vakillarida koloniyaning bo`linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo`l bilan ko`paymaydi, ba`zan spora hosil qilishi kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko`payish uchun emas, balki to`rni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu suvo`tlar butun yer yuzida tarqalgan bo`lib, chuchuk va sho`r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo`lishida ishtirok yetadi.
Planktonda juda tez ko`payib, suvni “gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo`lib qoladi. Кo`k - yashil suvo`tlar tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni to`planishiga yordam beradi. Ba`zi turlari atmosferadagi azotni o`zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi.
Diatom suvo`tlar - Diatomeae. Diatom suvo`tlarining 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hujayrali va koloniya bo`lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil: yumaloq, tayoqchasimon, uchburchak va hokazo bo`ladi. Diatom suvo`tlar sinfining eng harakterli belgisi hujayrasi po`stining tuzilishidir.
Diatom suvo`tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga ozuqa bo`ladi, plankton hamda bento hosil qiladi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo`lgandan keyin po`sti dengiz tubiga to`planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog` jinsi - diatomit yoki kremniy uni hosil bo`ladi. Diatomit g`ovak, yengil bo`lganligidan undan issiq o`tkazmaydigan materiallar, g`ovak g`isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka qilishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foydalaniladi.