Suvo`tlari (algae) va ularning klassifikatsiyasi


Yashil - suvo`tlar - Chlorophyta



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#182631
1   2   3   4
1532063699 67615

Yashil - suvo`tlar - Chlorophyta


Yashil suvo`tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hujayrali, koloniya holdagi va ko`p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo`tlarning xromotoroflarida faqat xlorofill bo`lib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmagani uchun yashil rangda ko`rinadi.
Yashil suvo`tlarning eng sodda vakillari, ya`ni bir hujayralilarning ko`pincha ikkita xivchini bo`lib, ular mustaqil harakatlana oladi. Bu hol yashil suvo`tlar eng sodda hayvonlardan xivchinlilarga yaqin ekanligini ko`rsatadi. Yashil suvo`tlar asosan chuchuq suv havzalarida tarqalgan bo`lib, suv ostida “balchiq” (tina) hosil qiladi. Ba`zi vakillari dengizlarda, juda kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari plankton organizmlar hisoblanadi. Ular ko`pincha tez ko`payib, oqmas suvlarni ko`kartirib yuboradi.

Qo`ng`ir suvo`tlar - Phaeophyta


Qo`ng`ir suvo`tlar vakillari sovuq va mo`tadil iqlimdagi dengizlarda yashaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari, qo`ng`ir rangli alohida pigment fikoksantin bo`lib, ularni o`ziga xos rangga kiritadi.
Qo`ng`ir suvo`tlar koloniya bo`lib yashaydigan ko`p hujayrali organizmlardir. Bu sinf ba`zi vakillarining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu hujayralar har xil to`qimalar hosil qiladi. hamda tallomni morfoloigk jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralarning po`sti sellulozadan iborat, ba`zan pektin modda shimilgan bo`lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega.

Qizil suvo`tlar


Qizil suvo`tlar ham dengiz va okeanlarda yashaydi. Bularning tashqi ko`rinishi va tuzilishi juda xilma - xil. Ipsimon, to’p yoki plastinkasimon shakldagilari uchraydi, ba`zan ular poya va bargga bo`linadi. Hujayrasining po`sti sellyuloza yoki pektindan iborat. Hujayrasi ichida bitta yoki bir nechta yadro va plastinkasimon yoki yulduzchasimon xromotofor bo`ladi. Qizil suvo`tlar xromotoforida qizil rangli alohida pigment - fikoeritrin bo`lganligi uchun ular shunday nom bilan ataladi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin