Suvo`tlari suv, tuproq, taqir yerlar va qoyalarda, qor hamda muz tog`larida, daraxt po`stloqlarida o`sadi. Suvo`tlaridan nihoyatda ko`p biomassa hosil bo`ladi. Suvda hech narsaga birikmasdan yumaloq holda o`sadigan plankton suvo`tlar hayvonlarning oziqlanishida ahamiyati katta.
Кlodofora yashil suvo`tidan sifatli qog`oz va kartonlar tayyorlanadi. Кo`pgina suv o`tlaridan yod, brom olinadi. Suvo`tlarni quruq haydab, ko`mir smola, kreozid, yog`och spirti, atseton olish mumkin. Qo`ng`ir suvo`tlarining ba`zilaridan algin kislotasi olinadi. Algin kislotasi esa to`qimachilik va hokazo sanoatlarida (gazlama va qog`ozga ishlov berishda) shuningdek, plastmassa sanoatida ishlatiladi.
Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik loyqa (Sibirda ko`p tarqalgan). U chorvachilikda oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash natijasida smola, koks olinadi. Bulardan o`z navbatida benzin, kerosin, og`ir moy, lak, organik kislotalar, ammiak olsa bo`ladi. Suvo`tlarning turlariga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlanadi. Suvo`tlarning biomassasi 1 m3 suvda 6 - 14 gr dan 34 kg gacha bo`lishi mumkin. Insonlar suvo`tlardan oziq- ovqat, yem- xashak sifatida, dehqonchilikda o`g`it o`rnida foydalanadilar. Suvo`tlarida moy kam bo`lsa ham, oqsil, uglevod va vitaminlar ko`p bo`ladi, sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977.
2. Кursanov. V. A. Кamarniskiy N. A va bosh.- Botanika “O`qituvchi” 1977. I II tom.
3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990.
4. Soxabiddinov. S. “O`simliklar sistematikasi” I II bob. “O`qituvchi” T.: 1976.
5. Hamidov “O`simliklar geografiyasi” “O`qituvchi” T.: 1984.
6. Belolipov. I. V. Sheraliyev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari morfologiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991.
7. Holdarov. X. Xojimatov. К. X.“O`zbekiston o`simliklari”, “O`qituvchi” T.: 1992.