Suyak sistemasi. Odam skeleti Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi



Yüklə 465,63 Kb.
səhifə4/13
tarix09.04.2023
ölçüsü465,63 Kb.
#95420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Suyak sistemasi

6-rasm. Oyoq suyaklari. .
1- chanoq suyagi; 2 - son suyagi; 3 - chanoq¬son bo'g'imi; 4- tizza qopqog'i suyagi; 5- katta boldir suyagi; 6- kichik boldir suyagi; 7- tovon suyagi; 8- oyoq kafti suyaklari; 9- panja suyaklari.




Suyaklarning birikishi 

Yuqorida tan a suyaklari bayon etilganda ularning bir-biriga birikishi haqida qisqacha ma'lumot berilgan edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega.



Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir-biri bdan ikki xii: hara¬katsiz va harakatli birikadi. Suyaklarning h,1 rakatsiz (oraliqsiz 3 uzluksiz) birikishigh bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak chokJari yordamida bir¬biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyak¬lardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari ular chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluk¬siz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo'ladi. Aksariyat darsliklarda umurtqa pog'onasi suyaklarning hara¬katsiz birikishiga kiritiladi. Ammo ba'zi manbalarda umurtqa pog'onasi suyaklarning yarim harakatchan birikishiga kiritilgan. Harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishga qo'l va oyoqlar¬ning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo 'g'im hosil qilib birikishi bunga misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im uch qismdan: bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shli¬g'idan iborat (7-rasm).
Bo'g'im xaltachasi ikki qavat - tashqi (pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavat¬ning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo'g'im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo'g'im tashqi tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi. Suyaklar bo'g'im yuzalarining tuzilishiga qarab bo'g'imlar shar¬simon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g'altaksimon bo'ladi. Masalan, kurak va yelka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga egabo'lgan bo'g'imni hosil qiladi va bu bo'g'ilT'da xilma-xil oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma harakatlar bajariladi.


Yüklə 465,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin