Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini tomchi usuli bilan aniqlash



Yüklə 208,67 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü208,67 Kb.
#173564
4-лаборатория


LABORATORIYA ISHI №4
SUYUQLIKNING SIRT TARANGLIK KOEFFITSIENTINI TOMCHI USULI BILAN ANIQLASH
Ishning maqsadi: Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlashni o’rganish. Sirt taranglik koeffitsiyentini hamma suyuqliklarda bir xil emasligini tajribada aniqlash.
Kerakli asbob va qurilmalar: Elektron (JW-1) tarozi, stakan, ingichka uchli idish, shtativ, har xil turdagi suyuqliklar va yordamchi aslahalar.


Nazariy qism


Suyuqlik sirtidagi molekulalarga ichki molekulalar tomonidan suyuqlik ichiga yo’nlagan kuch ta’sir qiladi. Shuning uchun suyuqlik sirtida sirt tarangligi hosil bo’lib u doim suyuqlik yuzasini qisqartirishga intiladi. Ayni paytda suyuqlikka shu sirtni saqlab turuvchi sirt taranglik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchning kattaligini quyidagicha tasvirlash mumkin:
(1)
Bunda L sirt peremetri; α sirt taranglik koeffitsiyenti. Sirt taranglik koeffitsiyenti deb sirtning birlik chegarasiga to’g’ri keladigan kuchga aytiladi va u N/m da o’lchanadi. Faqat bitta tomchi uchun sirt taranglik koeffitsiyentini topishda α·L kuch bitta tomchining og’irlik kuchiga tenglashadi.
(2)
Bunda m0 bitta tomchining massasi L suyuqlik tomadigan kapilyar nay uchining ichki aylanasi uzunligi, ya’ni parametri. Bitta tomchining massasi m0 ni topish uchun n ta tomchining massasio tomchilar soniga bo’linadi.
(3)
Shunday qilib, kapilyarlarning ichki perimetri L=πd ekanligini hisobga olsak, (12.2) ni quyidagicha yozish mumkin:
(4)
Bunda suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti α topiladi.
(5)


Tajriba qurilmasining tuzilishi

Qurilma og’ir taglik (5) ning vertical ustunchasiga (4) tik mahkamlangan ventilli kapillyar idish (1) va stakan yoki menzurkadan (3) tashkil topgan. Ventil (2) ochilganida suyuqlik stakanga tomchilab tushadi. Tomchilar soni sanaladi. So’ngra stakandagi suv elektorn tarozida o’lchanadi. Tarozi ko’rsatishidan stakan massasiga ayirib tashlab oqib tushgan suyuqlik massasi topiladi. Yuqoridagi o’lchashlar har xil turdagi suyuqliklar bilan takrorlanadi. Tajribada topilgan natijalar asosida suyuqliklarning sirt taranglik koeffitsiyenti hisoblanadi.



1. Tajriba qurilma


Ishni bajarish tartibi



  1. Laboratoriya ishining yo’riqnomasini o’qib o’rganing.

  2. Shisha idish uchining ichki perimetrini va diametrini aniqlang.

  3. Quruq stakan massasini tarozida tortib aniqlang.

  4. Suyuqlik solinadigan idishga o’rganiladigan suyuqlikni qo’ying.

  5. Shisha idishdan stakanga suyuqlikning sekin kapilyarlar orqali tomchilab oqishini ta’minlang va tomchilar sonini sanag.

  6. Yuqoridagi 6 va 3 banddagi massalar ayirmasini toping.

  7. Sirt taranglik koeffitsiyentini (12.5) formuladan toping.

  8. Suyuqlik massasini elektron yoki shaynli tarozida o’lchang.

  9. Aniqlangan natijalarni boshqa adabiyotlarga keltirilgan natijalar bilan solishtiring.

Yüklə 208,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin