Javob: Shox-Bomba (Царь-бомба). Izoh: Tsar-pushka ota olmaydi, tsar-kolokol chalinmaydi, tsar-bomba esa portlamaydi 30. Sobiq SSSR hududida faqatgina ikkita avtopoligon bo’lgan, birinchisi Moskva viloyatidagi Dmitrovda, ikkinchisi esa aynan SHU JOYDA. Hozir ham bu joyda drag-reysinglar o’tkazilib turiladi
Javob: Pskent (“Южный” poligoni) 40. Aynan shu poligondan dastlabki suborbital parvoz start olgan
Javob: Penemyunde 50. 1982-yilda Vladislav Popov tomonidan olingan sovet filmi bo’lib, yosh askarlarning vatan himoyasi ruhida olib brogan kurashlari aks etgan
Javob: “Poligon”
FINAL (FULL)
Mavzu: Nafaqat mashhur kartinalar 10. Eduard Uilson tomonidan yozilgan “Sayyoraning insoniyat tomonidan ijtimoiy fath etilishi” asari muqaddimasi shu 3 ta savol bilan boshlanadi
Javob: “Biz qayerdan kelganmiz? Biz kimmiz? Biz qayerga ketyapmiz?” (Pol Gogen) 20. Dastavval U kema yuklarini tashish uchun mo’ljallangan edi
Javob: “Meduza” soli (Teodor Jeriko kartinasi) 30. “Erkin tanadagi buyuk tafakkur” – Aysedora Dunkan UNGA shunday ta’rif bergan edi
Javob: Raqs (Anri Matiss) 40. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yapon attraksionlarida U ham ta’qiqlandi
Javob: Qichqiriq (Edvard Munk) 50. U ikki qismdan iborat: “Xalqlar festivali” hamda “Go’zallik festivali”
Javob: “Olimpiya” (Gap Leni Rifenshtal filmi haqida edi, shu nomli Klod Mane kartinasi ham bor)
Mavzu: Shirinliklar 10. Ushbu savolni sabr qilib oxirigacha eshiting: Uning “Sovunak”, “To’y” va “Lavz” nomli turlari bor
Javob: Holva (Sabr qilsang g’o’radan holva bitur) 20. Yaponiya uchun mo’ljallab chiqarilgan “Kit Kat” shokoladlari qog’ozidan SHU MAQSADDA ham foydalanish mumkin
Javob: Origami maqsadida (Qabul: turna yasash uchun)