T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ichki barqarorlik 
XYuSning shunday moliyaviy holati-dirki, 
unda faoliyat ko’rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi 
navbatda, ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. 
O‘z navbatida, 
tashqi barqarorlik 
XYuSning shunday 
moliyaviy holatidirki, u doirasida XYuS faoliyat ko’rsa-tadigan 
iqtisodiy muhitning barqarorligi bilan belgi-lanadi. Bunday barqarorlik 
butun mamlakat masshtabida rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida 
erishiladi. 
Va nihoyat, 
umumiy barqarorlik 
XYuSning shunday moliyaviy 
holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o’zaro ta’sirchanligini 
faollashtirish hisobidan mablag’lar tushumining ularning xarajat 
qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi. 
XYuSlar moliyaviy holatining barqarorligi moliyalash-tirishda 
ehtiyojlarni qondirishning manbalari sifatida o’z va qarziy 
mablag’larning nisbati asosida qaraladigan (hisoblanadigan) nisbiy 
va absolyut ko’rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Etarli bo’lmagan 
moli
yaviy barqarorlik XYuSni noto’lovqobillilikka va ishlab chiqarishni 
rivoj-
lantirish uchun unda mablag’larning mavjud bo’lmasligiga olib 
kelishi mumkin. Aksincha, ortiqcha moliyaviy barqa-rorlik esa
taraqqiyotga 
to’sqinlik 
qilishga, 
ortiqcha 
zahiralar 
tufayli 
xarajatlarning og’irlashuviga sabab bo’ladi. 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

o’z aylanma mablag’larining summalarini aniqlash va ularning 
dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish; 

zaxiralar, xarajatlar va barcha aylanma aktivlarni shakllantirish 
qismi bo’yicha moliyaviy barqarorlikni baholash; 

moliyaviy barqarorlikning turi(tipi)ni aniqlash. 
O‘z 
aylanma 
mablag’lari, 
zaxiralar 
va 
xarajatlarni 
shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatkichlarining nisbatiga va 
zaxiralarning miqdoriga bog’liq ravishda XYuSlar moliyaviy 
barqarorligining quyidagi tur(tip)la-
rini ajratib ko’rsatish mumkin: 

absolyut moliyaviy barqarorlik

sog’lom (normal) moliyaviy barqarorlik; 



beqaror moliyaviy ahvol; 

inqirozli moliyaviy holat. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin