T. Malikov O. Olimjonov moliya


Absolyut moliyaviy barqarorlik



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Absolyut moliyaviy barqarorlik
ning asosiy sharti noto’lovlar 
va ular kelib chiqish sabablarining mavjud emasligidir. 
Sog’lom (normal) moliyaviy barqarorlik 
ichki va tashqi 
moliyaviy intizomning buzilmasligini taqoza etadi. 
Beqaror moliyaviy ahvol 
moliyaviy intizomning buzilishi 
(mehnat haqini to’lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo’sh turgan o’z 
mablag’lari, rezerv fondlari va boshqa fondlardan foydalanish), 
hisob-
kitob schyotiga pul mablag’larining uzilishlar bilan tushishi, 
rentabellikning beqarorligi, moliyaviy rejaning, jumladan, foyda 
bo’yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan xarakterlanadi. 
Inqirozli moliyaviy holat 
quyidagi bir necha darajalarga ega: 

birinchi daraja (1): muddati o’tkazib yuborilgan bank 
ssudalarining mavjudligi; 

ikkinchi daraja (P): 1 + tovarlar bo’yicha mol etkazib 
beruvchilarga muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi; 

uchinchi daraja (Sh): P + byudjetga nisbatan boqi- 
mandalarning mavjudligi. 
Inqirozli moliyaviy holatda zaxiralar va xarajatlar ularni 
shakllantirish manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYuS va 
bankrotlik arafasidagi chuqur inqiroz to’g’risida xulosa chiqarishga 
asos bo’ladi. Bunday vaziyatda pul mablag’lari, qisqa muddatli 
qimmatli qog’ozlar va debitorlik qarzlari uning kreditorlik qarzlarini va 
muddati o’tkazilgan ssudalarni qoplamaydi. 
XYuSning moliyaviy holati 
kompleks tushuncha bo’lib, uning 
xo’jalik va tijorat faoliyati jarayonida vujudga keladigan moliyaviy 
munosabatlar barcha elementlarining o’zaro ta’sirchanligini aks 
ettiradi. XYuSning moliyaviy holati mablag’larni joylashtirish va 
ulardan foydalanish hamda ularni shakllantirish manbalari bilan 
xarakter-
lanadi. Moliyaviy holatni aniqlash uchun quyidagilarni o’z 
ichiga oluvchi moliyaviy tahlil o’tkaziladi: 

moliyaviy holatning ekspres-tahlili (aktivlar va passivlar tarkibiy 
tuzilmasining, mol-mulk, zaxiralar va xarajatlar holatining tahlili); 

moliyaviy barqarorlik tahlili; 

XYuS balansi likvidligining tahlili; 

faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili; 

rentabellik va ishbilarmonlik faolligi tahlili. 
XYuSning moliyaviy holati, shuningdek, moliyaviy resurslarni 
shakllantirish va ulardan foydalanish jara-yonlarini aks ettiruvchi 


ko’rsatkichlar majmui bilan ham xarakterlanadi. Moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatining natija-lari faqat XYuS ishchi va xizmatchilarining diqqat- 
e’tiborida bo’libgina qolmasdan, xuddi shu holat xo’jalik faoliyati 
bo’yicha uning hamkorlari, davlat, moliya, soliq organlari va 
boshqalarning ham diqqat markazida bo’ladi. Bularning barchasi 
XYuS moliyaviy holati tahlilini amalga oshirishning muhimligi va 
uning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini oshiradi. 
Moliyaviy tahlilning maqsadi quyidagilardan iborat: 

moliyaviy holat ko’rsatkichlarining o’zgarishini aniqlash; 

barqarorlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash; 

moliyaviy holatning sifat va miqdoriy o’zgarishlarini baholash; 

ma’lum bir sana uchun XYuS moliyaviy ahvolini baho-lash; 

moliyaviy holat o’zgarishining asosiy yo’nalishlarini aniqlash; 

va boshqalar. 
Moliyaviy holat tahlilida XYuS tomonidan sotilgan mahsulotning 
rentabelligi, 
uning 
ishlovchi 
kapitali, 
moliyaviy 
barqarorligi, 
balansining likvidligi, to’lov qobiliyati va kreditga layoqatligi 
aniqlanadi va ularga baho beriladi. 
XYuSning sog’lom (normal) moliyaviy barqarorligi xususida 
quyidagi parametrlarni birgalikda olib qarab gapirish mumkin: 

to’lov qobiliyati (o’z majburiyatlari bo’yicha XYuSning barqaror 
hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati); 

balansning likvidligi (majburiyatlarni likvid aktiv-lar bilan 
qoplash darajasi); 

kreditga layoqatlilik (kreditlarni qaytarish qobi-liyati); 

rentabellik (foydalilik). 
Yuqorida bayon etilgan omillarning har biri tahlil qilishning o’z 
metodikasiga ega. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin