T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

15- 
bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy 
barqarorligi: baholash, ko’rsatkichlari, oshirish yo’llari 
15.1. Moliyaviy barqarorlik va 
uni ta’minlash omillari 
 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqaror-ligi 
quyidagilar xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 

tashqi qarz manbalardan moliyaviy mustaqillik; 

moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida 
XYuSning qobiliyati; 

xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan o’z mablag’lari 
summalarining XYuSda barqaror mavjudligi. 
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYuS moliyaviy 
resurslarini 
samarali 
shakllantirish, 
taqsimlash 
va 
ulardan 
foydalanish yotadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili shu davr 
mobaynida XYuS o’zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni 
yechish uchun qanchalik to’g’ri boshqarganligini aniqlashga imkon 
beradi: 

talab mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqarish jara-yonining 
uzluksizligini 
ta’minlash; 

mahsulot sotishning uzluksizligini yo’lga qo’yish; 

innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengay-tirish va 
yangilash. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYuS-ning faoliyati 
to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lmoq lozim. 
Bunda moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq 
kelishi va XYuS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim 
hisoblanadi. 
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-
xil bo’lgan juda 
ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular quyidagi belgilariga ko’ra 
tasniflanadi(klassifikatsiya qilinadi): 

vujudga kelish joyiga qarab; 

natijasining muhimligiga ko’ra; 

tarkibiy tuzilmasi 
bo’yicha; 

harakat etish davriga muvofiq. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin