past texnik-
texnologik darajasiga iqtisodiy jihatdan yo’l bermaydi.
Ana shu shartga rioya qilingan holdagina
iste’molchilarning
ehtiyojlarini qondi-rish, ratsional nisbatlarga erishish, ishlab
chiqarish salohiyatidan yanada to’liqroq
foydalanish va resurslarni
tejab-tergashga imkoniyat
tug’iladi. Mazkur muhim vazifani
yechishga bozorning barcha iqtisodiy mexanizmi, shu jumladan
baholar, soliqlar, kredit,
bank foizi va boshqalar
yo’naltirilgan
bo’lmog’i lozim. Bunda iqtisodiyotning sotsial sohasini yuqori
sur’atlarda rivojlantirish, aholining tobora o’sib boradigan moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga o’tish juda muhim.
Qat’iy pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tadbiq etilishi
inflyatsiya sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin,
lekin bu
holat sifat jihatidan
iqtisodiy o’sishga o’tishning, faol tuzilmaviy qayta
qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyotining investitsion jihatdan
ta’minlash-ning mustahkam yo’nalishi bo’la olmaydi. Ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va investitsion bozorlarning
shakllanishi o’zining katta ta’sirini ko’rsa-tadi. Bu yerda o’z qo’lida
juda
katta
texnologik va resurs salohiyatini to’plab olgan yirik
korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomonidan qattiq raqobat
namoyon bo’ladi. Bu salohiyatdan samarali foydalanish ishlab
chiqarishni yanada rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga
chiqishi bilan
bog’liq
bo’lgan strategik vazifalarning echilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular inve-stitsion
faoliyatini rag’batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali
moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita
bog’liq. Shuningdek, bu yerda xo’jalik faoliyatini rag’batlantirishni
ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning
inve-stitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish
barcha tsikli va u investitsion sohasining dina-mikasini qamrab
oluvchi asosiy printsiplarni har bir
XYuSda ishlab chiqish juda
muhim.
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni
yangilash loyihalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’li orqali
va bir vaqtning o’zida bozor o’z-o’zini tartibga soluvchilarining ta’siri
ostida amalga oshiril-
mog’i lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texni-kasi
va ilg’or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – inve-stitsiyalar –
tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog’liqligi
sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga
bunday yondoshuv korpora-tsiyalar, firmalar
va XYuSlarning faqat
uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o’rta muddatli davrda ham
ishlab chiqarish-
tijoriy faoliyatida integral samaraning o’sishiga
xizmat qiladi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy
jihatdan qayta qurishning informatsion qismi ham o’sib boruvchi
ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror
ishlab chiqarishni butunlay
bozoriy transformatsiyalashuvining asosiy yo’nalishlarini dasturiy
ta’minlashning infor-matsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-
texnologik
qarorlari
qabul
qilishni,
buyurtmalar
portfe-lini
shakllantirishni
va
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
samarali
foydalanishni murakkab-lashtiradi.
Dostları ilə paylaş: