T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

14- 
bob. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya 
qilish bo’yicha investitsion dasturlarni moliyalashtirish 
14.1. 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni diversifikatsiya va 
modernizatsiya qilish zaruriyati 
 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya (faoliyatni kengay-tirish, 
mahsulot va xizmatlar turlarini ko’paytirish) va modernizatsiya 
qilish(zamonaviylashtirish, 
yangilash) 
jarayonlarida 
iqtisodiyot 
tarmoqlarida XYuSlarning ishlab chiqarishda ilg’or sifat siljishlariga 
va samarali ishlash-lariga erishish uchun kompleks choralar tizimini 
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik yillarida boshlangan O‘zbekiston iqtiso-diyotining 
xomashyo yo’nalishini o’zgartirish strategik nuqtai-nazardan uzoq 
muddatli ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu yuqori texnologik yangi 
ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni 
yuqori sur’atlarda rivoj-lantirish, eksport salohiyatini keskin oshirish, 
importni esa keskin kamaytirish, import o’rnini bosuvchi mahsulot- 
larni o’zimizda ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini taqozo 
etadi. Sanoatni xomashyoni kompleks chuqur qayta ishlashga 
yo’naltirish 
asosida 
va 
bozorlarda 
yuqori 
texno-logiyali 
mahsulotlarning sotilishini oshirmasdan turib samarali taraqqiyotga 
erishib bo’lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-investitsion usuliga 
o’tish maqsadida qo’shimcha moliyaviy resurslarni olish uchun 
oqilona yo’l hisoblanadi. 2016 yildan boshlangan yangi iqtisodiy 
sharoitda bu masalaga e’tibor yanada kuchaydi. 
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori 
sur’atlarda rivojlantirish XYuSlarning faoliya-tini kengaytirish 
jarayonida ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv 
usuliga 
o’tish 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotini 
tezlashtirishda 
mashinasozlik ta’sirining o’sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning 
mashinasozlik tarmoqlari esa moliyalashtirishning yangi manbalarini 
jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan 
yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi. 
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va 
asbob-uskunalarning 
mustahkamligi 
va 
sifatini 
oshirish, 
mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog’ini (texnik 
miqdor birligig
a nisbatan) kamaytirish yo’li bilan mahsulotlarning 
metall va energiya sig’imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish 
resurslarni tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli 
rivojlanishi b
ilan uzviy bog’liq. Shu bilan birgalikda xalq iste’moli 


tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o’sishiga ham 
alohida e’tibor bermoq lozim. O‘zbekistonda sobiq SSSRdan meros 
bo’lib qolgan iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol predmetlarining 
salmog’i va ularning sifati pastligi oqibatida iste’mol talablarini 
qondirish muammosi hali o’z echimini to’la topmagan. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uzoq 
muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bi
lan bog’liq. 
Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali rivojlantirish ham 
xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig’imini oshirish uchun 
moliyaviy resurslarni jalb qilish bo’yicha kompleks choralar ishlab 
chiqish va ularni izchillik bilan amaliyotga joriy etish alohida 
ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan siyosatni amalga 
oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan yangilash va 
mahsulotlar yangi turlarini o’zlash-tirishning oqilona strategiyasini 
tanlash kerak. 
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish asosida 
diversifikatsiya 
va 
modernizatsiya 
qilish 
zamonaviy 
bozor 
infratuzilmasini 
yaratish, 
xususan, 
iqtisodiyotning 
transport- 
kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o’zaro bog’langan. 
Uning vazifasi transport chiqim-larini qisqartirish va xizmatlarning 
sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 
transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andozalarga 
mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqa-rishning 
murakkabligini 
inobatga 
olgan 
holda 
dunyo 
ishlab 
chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo’shma XYuS-larga 
asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin