Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni
ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini
bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlar moliya deyiladi.
Moliyaviy
munosabatlarning
boshqa
iqtisodiy
munosa-
batlardan farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular
yordamida amalga oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash jarayonida
ldindan ma’lum maqsadlarga mo’l-jallangan turli pul mablag’lari
jamg’armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va mahalliy o’zini o’zi
boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari
markazlashtirilgan fondlar, xo’jalik sub’yektlari daraja-sida tuzilgan
pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xo’jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olin-gan daromadlar
hisobidan maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni
shakllantirish qat’iy ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga
solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning
yana bir farqlanuvchi xarakterli belgisi hisoblanadi.
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi,
tadbirkorlik daromadi, dividendlar va qayta taqsimlash-ning boshqa
shakllari ko’rinishidagi o’z hissalarini oladi. Bundan tashqari
majburiylik xarakteriga ega bo’lgan soliq-lar va boshqa to’lovlarni
to’lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini
shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini
shakllantirish
va
foydalanish
bilan
bog’liq
bo’lgan
pul
munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning
alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:
qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan,
aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy
normalar
yoki
biznesni
yuritish
etikasiga
asoslangan
munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi;
pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga
ega ekanligi;
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari
fondlarini yaratish.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining
iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o’rinni egallaganligiga
bog’liq. Bir vaqtning o’zida moliya puldan o’zining mazmuni va
bajaradigan funksiyalari bo’yicha farq qiladi. Agar pul umumiy
ekvivalent bo’lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab
chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o’lchansa, moliya esa yalpi
ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta
taqsimlashning iqtisodiy vositasi (ins
trumenti), pul mablag’lari
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni
amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish
yo’li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga
bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning
sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima
uchun mo’ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlarini ifodalaydi:
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni
realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan
pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yara-tish va ularni
taqsimlash borasida korxonalar va ularn
ing yuqori organlari o’rtasida
vujudga keladigan pul munosa-batlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan
moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat
va fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida
korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga
keladigan pul munosabatlari;
byudjet tiz
imining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan
pul munosabatlari;
sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta
hodisasi ro’y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va
shaxsiy sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat
qiluvchi pul munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai
bo’lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat
ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish
imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida
qismlarining -
iste’mol fondi va jamg’arish fondining - hajmini
hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proportsiyalari
(nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun
ham MD statistikasiga alohida e’tibor beriladi.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo’lmaydi. Moliya MDni
yaratish va undan foydalanishning ajratib bo’lmaydigan bog’lovchi
bo’g’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish
munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis
kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat
ko’rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar
jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan
moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar,
iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun zarur
bo’lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular
jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyotining
darajasini
va
ularning
xo’jalik
hayotidagi
makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab
beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o’sish, YaIM va MD
miqdorlarining oshib borishi sharoitida moliya o’zining muntazamliligi
va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada
rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasining
yanada ortishini
rag’batlantiradi.
Iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi,
ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaning holati ham yomonlashadi.
Bu narsa, o’z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan
moliyalashtiriladigan byudjet defitsiti miqdorining kattaligida, pul
emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo’yicha
xarajat-
larning ko’payishida namoyon bo’ladi. Bularning barchasi
inflyatsiyaning kuchayishiga, xo
’jalik aloqalarining buzilishiga, o’zaro
noto’lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo’lishiga, barter
bitimlarining ko’payishiga, soliq-larni byudjetga undirish borasida
qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o’z vaqtida
moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining
pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy
(sotsial) munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining
maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda,
mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat
moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining
ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar”
bir-
biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’z-
o’zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki
mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya
fani resurslarni
ng o’zini emas, balki resurslarni shakllantirish,
taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni o’rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning
taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-
da, ko’p jihatdan u
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham
bog’liq bo’ladi.
Moliya
– bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning
yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi
amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-
yati “Davlat
kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning
manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning
tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki
boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va
h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |