T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

1.4. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumlar 
bir-biridan 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlari xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi 
ishlab chiqarish munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish 
munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida 
olingan davlatda o’zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va 
bog’liqlikda sodir bo’lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy 
qonuniyatlar xususiy holatlarga bog’liq bo’lmaydi. Har bir ijtimoiy 
tuzum va shunga 
muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga ma’lum 
bir moliyaviy tuzilma mos keladi. 


Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosa-batlari bir- 
biridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo 
bo’ladi: 

har qanday ijtimoiy 
tuzumga jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi 
mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga 
olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;


har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya dav-latning 
maqsadlari va vazifalariga 
bo’ysunadi;


ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabat-larining 
yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallj; 
tuzumlarga natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos 
ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural 
xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga 
tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham 
pul shaklida amalga oshiriladi;


agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab 
chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat 
qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;


faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya 
ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.

Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan 
rivojlangan mamlakatlarda ham pul o’zining barcha funksiyalarini 
bajara olmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi 
sifatida moliya ham jamiyatning barcha tarmoqlari va sohalari uchun 
umumiylik kasb eta olmagan. Ibtidoiy-
jamoa tuzumining xo’jalik 
tuzilmasi to’g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bo’lmaganligi uchun 
faraz qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yo’q bo’lganligi uchun 
ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish 
ham bo’lmagan. Davlat apparatining shaklla-nishi, unga tegishli 
bo’lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo’shinlarning 
tashkil etilishi, yo’l qurilishining joriy etilishi bilan jamiyatda 
moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining 
asosiy manbalari k
ontributsiyalar, harbiy o’ljalar, natural soliqlar va 
boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr 
mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko’rinishidagi soliq-larni 
to’lagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lishiga qara-masdan, quldorlik 
tu
zumida pul ko’rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega 
edi. Xuddi shuningdek, natural xo’jalik yuritishga asoslangan 
feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilgan emas. 


Jamiyatning tovar-
pul munosabatlariga o’tishi munosa-bati 
bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylik xarakteriga ega 
bo’ladi. Biroq, hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini 
qondirishning pulsiz xarakterga ega bo’lgan usullari saqlanib qolishi 
mumkin. Buning sodda va tushunarli misoli sifatida yoppasiga harbiy 
majbu-
riyatni ko’rsatib o’tish mumkin. 
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat 
o’z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
jamg’armalarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini 
yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda turli 
davlat va tuzumlarda jamg’armalarni shakl-lantirish va ulardan 
foydalanishning shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi 
mumkin. Bu yerda gap undirishning shakllari to’g’risida emas, balki 
uning ob’ektlari to’g’risida ketayapti. Ana shunday ob’ektlar sifatida 
har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari 
to’g’risida gapiriladigan bo’lsa, u holda hatto antik grek 
davlatlaridayoq to’g’ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri 
(bilvosita) soliqlar ham paydo bo’lgan. To’g’ri (bevosita) soliqlar er 
va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy 
etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq 
shakllarida maydonga chiqqan. 
Rim imperiyasida 
armiyada pulli to’lanmalar (yollanma askarlar 
va ofitserlar uchun) joriy etilgan. Bu va shunga o’xshash boshqa 
ehtiyojlar (tomoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam 
ko’rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun 
ham har
biy o’ljalar va kontributsiyalarga qo’shimcha ravishda pulli 
soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun to’lanadigan 
soliq ana shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat 
buyumlarini sotganlik uchun (asosan 1% miqdorida) ham soliq 
undirilgan. 
Urushlar 
davrida 
har 
bir 
fuqaro 
mol-mulkdan 
undiriladigan favqulodda soliqni ham to’lagan. Rimda 5% miqdorida 
undiriladigan merosdan olinadigan soliq ham joriy etilgan. Ijtimoiy 
tuzum sifatida feodalizm qullarga egalik qilish yoki patriarxal tuzum 
asosida rivojlangan. Biroq bu erga xususiy egalik va dehqonlarning 
feodallarga biriktirilganligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin 
ta’sir ko’rsatmagan. Biriktirilgan (Rossiyada krepostnoy) dehqonlar 
bo’lmagan joyda feo-dalizm ham mavjud bo’lmagan. 
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va 
uning funksiyalari feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o’zi 
egalik qiladigan joy chegaralari doirasida o’z soliqlarining tizimini 
joriy etgan. Markaziy hokimiyat xo’jalik hayotiga, xususan, aholini 


soliqqa tortish masalalarini faqat feodal bilan muvofiqlashtirilgan 
chegara doirasida aralashuvi mumkin edi. Yevropada feodal 
bo’linuvchanlikka birinchi marta salb yurishlari orqali kelib chiqqan 
ritsarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan. davlatlar 
o’rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan 
mamlakatlarda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Er egalarini 
saqlashga sarf qilingan to’lanmalardan tashqari dehqonlar yo’llar, 
qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog’liq 
bo’lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bo’lganlar. 
Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat 
o’zlarining buyumlari bilan emas, balki pullari bilan ham to’laganlar. 
Savdogarlar feodalga sovg
’alar va daromadlaridan to’lovlardan 
tashqari tranzit va boshqa bojlarni 
to’la-ganlar. 
O‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o’z soliqlari va 
o’lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va 
o’lponlarni 
unifikatsiya 
qilish 
to’g’risida 
gap 
bo’lmagan. 
Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi pulli soliqlarga o’tishga sabab bo’ldi. Jamiyatda tovar 
munosabatlari qancha yuqori bo’lsa, pulli soliqlarning salmog’i ham 
shuncha katta bo’la borgan. Feodalizmning o’rta va so’nggi 
davrlariga xos bo’lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish 
tizimining mavjudligini e’tirof etish mumkin. Sotib oluvchilar xazinaga 
kelishilgan yoki qayd etilgan summani to’lab, daromadlarning katta 
qismini o’z ixtiyorlariga qoldir-ganlar. Shuning uchun ham sotib 
oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlarni burjua 
munosa-batlariga aylantirishda eng asosiy manfaatdorlar shaklida 
maydonga chiqqanlar. 
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo’lida 
ka
tta miqdordagi pul resurslarining to’planishiga imkon berdi. Ular 
zavodlar, 
fabrikalar 
va 
banklarning 
birinchi 
mulkdorlariga, 
burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari 
va preferentsiyalari, to’siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari 
kapitalning jamg’arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi bilan jamg’a-rilgan kapital endigina tug’ilib kelayotgan 
sanoat sari yo’l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o’z 
ta’sirini ko’rsatdi. Va, nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini 
olib 
borib, 
qurol-
yarog’, harbiy inshootlar, flot qurishning 
buyurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali 
qayta taqsimlab kapitalning sanoatda to’planishiga (jamg’arilishiga) 
olib keldi. Kapitalni
ng jamg’arilishiga sanoatning rivojlanishini 


rag’batlantirgan, burjuaziyaning mustahkamlanishiga sharoit yaratib 
bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi. 
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi tobora ko’proq ishchi kuchi 
zarur 
bo’lgan. Ishchilar salmog’ining aholi umumiy soniga nisbatan 
ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. 
Bularning barchasi kapitalistik munosabat-
larning rivojlanishiga o’z 
ta’sirini ko’rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qo’lga 
kiritilishi monarxiyaning emirilishi yoki uning hokimiyatchilik 
vakolatlari qisqar-ganligini anglatadi. Hokimiyat tepasiga kelib, 
burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki feodallarga 
tegishli bo’lgan imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni 
mehnatkashlarning zimmasiga yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy 
soliq yuklamasi engillashmadi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan 
omillarning ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg’arish va 
o’z foydasini o’stirish uchun o’zini tegishli imkoniyatlar bilan 
ta’minladi. 
Kapitallar harakatidagi davlatlararo chegaralarga barham 
berilishi bilan banklar, birjalar va mustam-lakachilik urushlari bunday 
vaziyatning vositalari bo’lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya 
qilishning butun og’irligini bosib olingan mustamlaka davlatlar 
fuqarolari elkasiga yuklab, o’z mamlakatlari xalqining ashaddiy 
himoyachilariga aylandi. O‘z daromadlari miqdorini ko’paytirish 
uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi natijasida burjuaziya qo’lida 
kapitalning yanada to’planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy 
institutlarni o’ylab topdi. Bu yerda gap tibbiy va ijtimoiy sug’urta, mol- 
mulk va hayot sug’urtasi tizimlari paydo bo’lganligi to’g’risida 
ketayapti. 
Barcha 
mamlakatlarda 
burjuaziya 
davlat 
tufayli 
soliqlarning juda katta qismini o’z qo’liga qurol-aslahaga, transport 
qurilishiga, uy-
joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali to’play 
boshladi. 
Xususiy tadbirkorlik printsiplariga asoslangan tizim sifatida 
kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti 
jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan 
mamlakatlarda yig’ilishi kuza-tiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va 
hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, 
norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab 
chiqarish infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat har 
doim milliy burjuaziyaning pozitsiyalarini mustahkamlashda hal 
qiluvchi rolni o’ynaydi. Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning 
stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buyurtmalar bilan 
man
ipulyatsiya qilish asosida o’zining tartibga soluvchilik 


(regulyatorlik) rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 
1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSh hukumatining 
yurgizgan siyosatini ko’rsatish mumkin. 
Moliya masalalarig
a bag’ishlangan ilmiy ishlar juda qadimda 
paydo bo’lgan. Moliya bo’yicha ilk ilmiy ishning birinchi evropalik 
muallifi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yillar) hisoblanadi. 
Uning shu xususdagi asari “Afina respublikasining daromadlari 
to’g’risida” deb nom-langan. Buyuk mutafakkir Aristotelning 
(eramizdan avvalgi 384-322 yillar) moliya sohasidagi qarashlari 
uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon 
qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar to’g’risida asar yozgan 
Qadam ismli arab oliminin
g nomi ham fanda ma’lum. F.Akvinskiy 
(1225-1274 yillar) ilk marta qirolning soliqlarni undi-rish borasidagi 
huquqini asoslashga uringan. 
Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga 
F.Petrarka, 
D.Karaf, 
Bernardo, 
F.Gvichchardini, 
Dj.Botero, 
N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham kiritish mumkin. 
XVII 
asrda 
moliya 
nazariyasining 
rivojlanishiga 
ingliz 
iqtisodchilari katta hissa qo’shgan. Ularning orasidan T.Men, 
Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib ko’rsatish kerak. 
L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnen-fels kabi 
nemis olimlari XVII-
XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining 
munosib hissalarini qo’shganlar. Ular fanga kameralistikaning 
nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746 yilda nashr 
etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida moliya to’g’risidagi 
kameralistik maktab vakillarining qarash-larini umumlashtirdi. Bu 
asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib 
ko’rsatilgan (chegaralangan). 
Fiziokratlarning o’tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o’rganganlar. 
Ularning asarlarida moliyaning turli yo’na-lishlari va jihatlari tahlil va 
tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, 
D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko’rsatish 
mumkin. Aynan V.Petti (1623-168
7 yillar) o’zining “Soliqlar va 
yig’imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk 
namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi. 
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivoj-lanishi XVIII 
asrga to’g’ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy 
iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof 
etmaganlar. Bu maktab mualliflari (frantsuzlar 
– A.Tyurgo, F.Kene 
va V.Mirabo, inglizlar 
– A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, 
hajmi va uslubi xilma-
xil bo’lishiga qaramasdan ularning moliya 


to’g’risidagi ta’limotlarini quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishga keltirish 
mumkin: 

davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va 
tajovuzlardan himoyalaydi;


davlatni saqlash arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning 
boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;


davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza 
olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish 
yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak;


davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy printsip-
lariga qat’iy 
rioya etmog’i lozim:


o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak 
(bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi 
yo’naltirilgan); 
- soliqni oldindan aniq belgilash zarur; 

soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim; 

soliqlarni yig’ish xarajatlari arzon bo’lishi kerak. 
Kapitalistik tuzumning feodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab 
chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi 
iqtisodiy maktablar va qarashlarning vujudga kelishiga olib keldi. 
Sho’rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari “vulgar 
iqtisodchilar” deb atalgan. Chunki ular, davlat daromadlarini 
shakllantirish 
masala-lariga 
aso
siy e’tiborni qaratib, uning 
xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to’g’risida salbiy tasavvur 
hosil qilishi mumkinligi to’g’ri, deb hisoblagan edilar. Bu maktabning 
yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” deb 
nomlangan o’z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi.
XIX asrning oxirlaridagi moliyachi olimlar qatoriga 1877 yilda moliya 
fani kursini nashr etgan frantsuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda 
“Davlat moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. 
XIX asrda moliya nazariyasining rivoj-
lanishiga katta hissa qo’shib, 
1826-
1832 yillarda uchinchi qismi to’liq moliyaga bag’ishlangan 
siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya 
fanining asosiy boshlanishi” deb nomlangan asari 1867 yilda rus 
tilida nashr etilgan va Rossiyada moliya fanining rivojlanishiga 
o’zining keskin ta’sirini ko’rsatgan. 
Nemis olimlaridan Soden (1811 yil), Yakob (1821 yil), Malxus 
(1830 yil) va Shenlarning (1832 yil) XIX asrning boshlarida nashr 
etilgan moliya to’g’risidagi asarlari alohida mashhurlikka ega 
bo’lmagan bo’lsa-da, lekin bu ishlar “moliya” tushunchasining 


tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan L.fon Shteyn va 
moliya fanining mumtozi A.Vagnerlar (uning “Moliya to’g’risidagi fan” 
asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarashlarining shakllanishida 
katta rol o’ynadi. XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari 
qatoriga 
avstriyalik 
E.Saksni, 
italiyalik 
F.Nittini, 
AQShlik 
E.Seligmanni va, nihoyat, “Moliya fani asoslari” deb nomlangan 
asari 1869 yilda (1900 yilda 
– rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik 
olim L.Kossni kiritish mumkin. 
XX asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabi-yotlarda 
etarli darajada tadqiq qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’yektiv va 
sub’yektiv sabablarga ko’ra, rus iqtisodiy (moliyaviy) adabiyotida 
“moliya” tushunchasining taraqqiy etishini ko’rib chiqish muayyan 
ahamiyat kasb etadi. 
Rossiya tarixida moliya sohasidagi ilk asarning muallifi Ivan 
Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning 
harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini 
ko’paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori 
bo’lgan. 
XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning 
moliya xususidagi asarlari ham etib kelgan. Yu.Krijanich o’z 
asarlarida evropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid qarashlari 
va 
mulohazalaridan 
keng 
foydalanadi, 
ularni 
Rossiyaning 
ehtiyojlariga 
“bog’laydi”. 

davlatning 
boyishi 
usullariga 
(masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga – boyishning 
“to’g’ri” va “noto’g’ri” usullariga bo’ladi va bu narsalarning dunyoda 
allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning yangilarini o’ylab 
topmaslik kerak, deb hisoblaydi. 
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va “Aleksey Mixaylovich 
podshohligidagi Rossiya to’g’risida” deb nomlangan asari oradan 
ikki yuz yil o’tgandan so’ng ma’lum bo’lgan. Unda XVII asrning 
o’rtalaridagi Rossiyaga tegishli bo’lgan katta ma’lumotlar keltirilgan. 
XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili 
I.Pososhkov 
hisoblanadi. 
Uning 
moliya 
sohasidagi 
taklifini 
quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda 
uning to’lovchisini xonavayron qilmasdan, to’lovchidan to’lovni 
amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni 
olmoq lozim. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir 
necha asarlar paydo bo’ldi. Ularning orasida yaqqol ko’zga 
tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik 
holati 
xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada 


birinchi bo’lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur 
ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy 
nuqtai-nazardan tahlil qilingan. 
A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” deb 
nomlangan 
maqolasida 
soliqlarga 
oid 
bir 
necha 
qiziqarli 
mulohazalarni oldinga suradi, soliqlar va davlat o’rtasidagi 
bog’liqlikni tahlil qiladi. 
Rossiyada “moliya” atamasining paydo bo’lishi XVIII asrga 
borib taqaladi. Bu atama rus tiliga frantsuz tilidan kirib kelgan bo’lib, 
qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan bir xil ma’noda 
tushunilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “moliya” ilmiy 
tushunchasi 1767 yilda Moskva universiteti tomonidan nashr etilgan 
“Entsiklopediyadan tarjimalar” kitobining so’zboshisida ishlatilgan. 
Bu yerda “moliya” tushunchasi “davlat daromadlariga tegishli 
bo’lgan ish”, deb talqin qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta 
Moskva universitetining huquq bo’yicha professori S.Desnitskiy 
kiritgan. 1802 yilda Moliya vazirligining tashkil etilishi bilan bu atama 
ilmiy muomala
larda mustahkam o’rin egallay boshladi. Biroq 1835 
yilga qadar, ya’ni rus universitetlarida “Moliyaviy huquq” kursi paydo 
bo’lgancha qadar moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy 
iqtisodning tarkibiy qismi sifatida tushunilgan. Amaliyotda esa 
ko’proq “xazina” atamasi ishlatilgan. 
A.Radishchev o’zining “Jon yig’imi xususida” deb nom-langan 
asarida birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, 
turlarini tadqiq etgan. 
Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 
yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan. 
Moliya sohasidagi o’ziga xos asarlarga graf Spe-ranskiyning 
moliyaviy rejasini, Yu.Gagemayster, V.Kuri, D.Tolstoylarning 
moliyaning rivojlanish tarixiga bag’ish-langan tadqiqotlarini, 
M.Orlovning davlat krediti to’g’risidagi ishlarini kiritish mumkin. 
Moliya nazariyasi bo’yicha rus tilida ilk darslikni I.Gorlov yozgan. 
XIX 
asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning 
nazariy masalalariga bag’ishlangan asarlar orasida I.Shilning 
monografiyasi alohida o’rin egallaydi. Uning fikricha, moliya 
nazariyasi davlat xazinasi g’oyasiga bo’ysundirilgan. 
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini 
chegaralab bergan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov 
o’zining o’tmishdoshlaridan ancha oldinga o’tib ketgan va u moliya 
deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy 
munosabatlarni tushungan. 


XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte 
va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o’zining 
munosib hissasini 
qo’shgan. 
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akademik 
I.Yanjulning asarlarida o’z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya 
fanining predmeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi 
qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi. 
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning 
xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondoshuvni 
asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, 
balki munosabatlardir. 
Prof. L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi 
va uning tarkibiga pul muomalasi masala-larini ham kiritadi. 
1882-
1885 yillarda o’zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr 
ettirgan Sankt-Peterburg universitetining profes-sori V.Lebedev 
ham moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib xizm
at ko’rsatgan. 
U moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, 
natural soliqlarni ham kiritadi, davlat xarajatlarini esa, uning 
tarkibidan chiqaradi. 
XX 
asrning 
boshlarida 
moliyaga 
oid 
M.Bogolepov, 
V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo 
bo’ladi. 
Sho’rolar 
davrida 
moliya 
fanining 
taraqqiy 
etishiga 
V.Dyachenko, 
A.Aleksandrov, 
A.Birman, 
E.Voznesenskiy, 
V.Chantladze, B.Boldirev, V.Rodionova, P.Nikolskiy, M. Shermenev, 
M.Romanovskiy, 
B.Sabanti, 
V.Kolesnikov, 
D.Mo-lyakov, 
A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa 
qo’shgan-lar
8


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin