T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Takror ishlab chiqarish va moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya 
 
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy- 
joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi taqozo 
etiladi. 
Planetamiz 
aholisi 
sonining 
o’sishi 
va 
uning 


urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va 
ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining rivoj-
lanishi qator omillar ta’siri sharoitida “hayot 
kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay 
olishining muhim sharti bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat 
taqsimotining foydali tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham 
mavjud. Uning salbiy tomonlari yuqori texnologiyali ishlab 
chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan 
mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora ko’proq to’planishiga 
olib kelmoqda. Kamba
g’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan 
mamlakatlar esa hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq 
xo’jalik mahsulotlari etishtirish bilan shug’ullanishga majbur 
etilmoqda. Shunday bo’lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda 
ham takror ishlab chiqarish ja
rayonining mazmuni o’zgarmasdan 
qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning 
asosiy qismi eng rivojlangan mamla-
katlarda yig’ilmoqda va ularga 
kelgusida ham taqsimlashni o’zlari foydalariga hal qilishga imkon 
berayapti. 
Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab 
chiqarish jarayonida moliyaning o’rni va ahamiyatini chuqur tasavvur 
qilish O‘zbekistonning bo’lajak moliyachi mutaxassisi uchun o’ta 
zarur sifat hisoblanadi. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni 
oladi: 

ishlab chiqarish;


almashuv;


taqsimlash;


iste’mol.

Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy 
yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab 
chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki 
bir necha iqtisodiy kate-goriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning 
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita 
shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar 
kategoriyasi singari 
almashuv bosqichida markaziy o’rinni egallaydi. 
Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu 
bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, 
iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo’ladi. O‘zbekiston 
sharoitida davlat mo
liyasining ijtimoiy mo’ljallanganlik darajasi yuqori 
ekanligidan kelib chiqiladigan bo’lsa, taqsimlash bosqichida ularning 
roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko’rinadi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy 


manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha 
qarama-qarshiliklari namoyon 
bo’ladi. Iste’molga ketadigan jami 
ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab 
chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari 
va 
predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi. 
Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu 
hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning 
egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari 
asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o’ziga 
tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy 
qarama-
qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan 
yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqich
ini va undan so’ng esa 
almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan 
daromadni quyidagi ikki qismga 
bo’ladi: 

iste’mol fondi;


jamg’arish fondi.

Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat 
aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy 
vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan 
o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi. 
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning 
chegarasini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamo-atchilik 
tashkilotlari, partiyalar va shunga o’xshashlar orqali, qonunchilik va 
ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo’li bilan davlat faoliyatining 
chegarasini aniqlashga haraka
t qiladi. O‘z navbatida, davlat ham 
o’zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. 
Uning funksiyalari qancha keng bo’lsa, jamiyat a’zolari 
daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vo-garlik 
qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol proportsiyalari (nisbatlari) ham 
o’zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy 
ta’minot xarajatlarining kattaroq qismini o’z zimmasiga olsa (bizning 
mamlaka-timizda aynan shunday), bu narsa ishchi kuchining 
bahosida va demak, mehn
at haqining darajasida o’z aksini topadi. 
Bu jarayonda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha 
yuqori bo’lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past 
bo’lishi bilan xarakterlanadigan tendentsiyani tushunish juda 
muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida 
davlat ishtirokining qiyosiy samara-dorligi xususidagi bahslar hali- 
hamon to’xtaganicha yo’q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda 
mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng 
qatlami) qancha boy bo
’lsa, davlatning o’zi ham shuncha boy 


bo’ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab 
chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi 
yuqori iste’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan iqtiso-diyotni 
vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza 
(asos) o’sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar ssuda 
kapitalining asosini tashkil etib, o’z navbatida, ular kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarishga va ilmiy-
texnika taraqqiyotiga o’z ijobiy 
ta’sirini ko’rsatadi. 
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini 
chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish 
bazasi ham torayishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat 
aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror 
ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy 
portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al 
qatlam-
larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda 
majbu-
riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi 
mumkin. 
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to’liq 
almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib 
qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda iqtisodiyot 
tarmoqlari 
texnologiyala-rining 
holati, 
tarkibiy 
tuzilishi, 
raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa 
mamlakatlarning bu boradagi tizimidan ko’r-ko’rona nusxa olish 
noto’g’ri va bu o’zini oqlamaydi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil 
qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab 
chiqarish sohasi bilan chegaralanish etarli emas. Bundan tashqari, 
kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq 
lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o’ziga xos 
xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng 
rivojlanishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o’rnini ko’rsatish 
uchun JIMning o’rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki 
ko’rsatkichlar o’zlarining afzal-liklari va kamchiliklariga ega ekanligini 
e’tiborga olish lozim bo’ladi. Masalan, YaIM tarkibiga mahsulotni 
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. 
Bir vaqtning o’zida esa, JIMning tarkibiga noishlab chiqarish 
xizmatlari kir
itilmaydi, xolbuki, ularning salmog’i yuqori darajada 
taraqqiy etgan jamiyat-larda jamiyat xarajatlarining 1/3 qismini 
tashkil etishi mumkin. Biroq taqsimlashning ko’pqadamli ekanligi 
inobatga olinadigan bo’lsa, JIM ko’rsatkichi yuqoridagi maqsadlar 


uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki u 
takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bo’lgan moddiy ishlab 
chiqarish sohasini o’zida to’liqroq aks ettiradi. 
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: 

mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish 
vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);


milliy daromad (ishchi kuchi va qo’shimcha mahsulotning 
qiymati).

Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o’z mablag’lari etarli 
bo’lmagan sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan 
foydalanish mumkin. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab 
chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan 
sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya 
ajratmalari, materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib 
olish, yoqilg’i, elektroenergiyani xarid qilish ko’rinishlarida va h.k.) 
taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror 
ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. 
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida 
qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat 
soliqlarni to’lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real 
sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina 
qolmasdan, balki xizmat ko’rsatish sohasi, maorif, sog’liqni saqlash, 
bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o’z daromadlarini 
shakllantirib, 
ular 
hisobidan, 
xususan, 
byudjet 
sohasining 
xodimlariga ish haqi to’laydi. Byudjet tizimida ishlaydiganlar esa, o’z 
navbatida, Davlat byudjetining daromadlarini shakllan-tirishga 
yo’naltirilgan soliqlarni to’laydilar. Fuqarolar o’zlarining shaxsiy 
daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini to’laydilar, sug’urta 
fondlariga 
ajratmalar 
(badallar) 
qiladilar, 
bank 
kreditidan 
foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar. Korxonalar turli 
xizmatlar ko’rsatish orqali topgan daromadlari hisobidan ham 
soliqlar to’laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga 
yo’naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar 
ham 
moliya bo’lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan 
chetda moliya mavjud emas. 
JIMning ikkiga 
bo’linishi 
bilan 
xarakterlanadigan 
taqsimlashning birinchi bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich 
boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg’arish fondi va iste’mol fondiga 
bo’linadi. 
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bo’lib, uning bir qismi 
takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa 


zaxira(rezerv) 
fondlarini 
shakllantirishga 
mo’ljallangandir. 
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga 
davlat investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va 
sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo’ladi. Bunda 
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq 
amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi 
ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida 
tasdiqlangan byudjet ko’rsatkichlari doirasida (chegarasida) amalga 
oshiriladi. Tarixiy taraq-qiyotning bugungi bosqichida deyarli barcha 
mamlakatlarda 
byudjet qonun kuchiga ega bo’lib, bu narsa 
taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini o’rganayotgan paytda 
daromad va xarajat-larning ketma-
ketligiga e’tibor bermaslikka 
imkon beradi. Ko’pchilik hollarda amaliyotda daromadlar hali 
yig’ilmasdan oldin xarajatlarning amalga oshirilishi sodir bo’ladi. 
Bunday vaziyatlarda, ya’ni daromad va xarajatlarning muddatlari 
bo’yicha paydo bo’layotgan nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki 
shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan 
foydalanish mumkin. 
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbat vaqt 
jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan 
sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) o’rtasida ham juda 
alohidadir. 
Iste’molning 
darajasiga 
texnologiya 
holati, 
kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning 
obro’si va boshqa shu kabi ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbatlarning 
o’zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, iste’mol 
fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida 
jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg’armalar o’sadi). 
Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo’lsa, korpo-rativ 
jamg’armalar o’sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan 
qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish 
jarayonining negizida o’ziga xos tovar bo’lgan ishchi kuchi yotadi. 
Tovar sifatida ishchi kuchi o’zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan 
ortiq bo’lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat 
ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlari bo’lgan mehnat 
qurollari va mehnat predmetlariga esa xos emas. 
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan 
iborat: 

ijtimoiy iste’mol fondlari;


shaxsiy iste’mol fondlari.



Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o’rtasidagi 
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog’liq. Yaqin 
o’tmishda kommunistik yoki sotsialistik partiyalar hukmronlik qilgan 
mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy 
hajmida asosiy o’rinni egallagan. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari 
orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish 
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etgan. 
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashti-rish 
darajasi yuqori bo’lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy 
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney 
sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijti-
moiy iste’mol fondlarining 
iste’mol fondlaridagi salmog’i katta. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning 
o’ziga xos yo’lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham 
aholining ijtimoiy himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi 
ajratilyapti. 
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko’rinib 
turibdiki, o’z zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan 
davlatlarda iste’mol fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol 
fondlari asosiy o’rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari 
orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish 
jarayonlarini moliyalashtirishni 
tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol 
fondlarining salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori 
bo’lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, 
qishloq xo’jaligi va h.k.larni moliya-lashtirish qo’llab-quvvatlanadi. 
Shuni 
ta’kidlash 
kerakki, 
ijtimoiy 
iste’mol 
fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyaning ishtirokisiz 
tasavvur etib bo’lmaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar bu jarayonda 
bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni so’zma-so’z tushunish 
kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va 
ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amor- 
tizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi 
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga 
s
arflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo’lgan dunyoning ko’pchilik 
mamlakatlarida ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini 
shakllantirishda o’zining to’lovlari bilan ish beruvchilar va yollanma 
mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijti
moiy iste’mol 
fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi 


yo’naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki 
qismga bo’linadi: 

shaxsiy jamg’arma fondlari;


iste’mol fondlari.

Shaxsiy iste’mol jamg’armasining aynan shu ikki qismi 
tovarlarni olish-
sotish bilan bog’liq operatsiyalarning to’laqonli 
faoliyat ko’rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg’arish fondi 
o’rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning rivojlanish 
sur’atini belgilab beruvchi muhim ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Agar 
davlat soliqlar ko’rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini o’z 
ixtiyoriga olib qo’ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga 
to’sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi 
sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi 
– uning xarajatlari 
ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to’g’risida gap 
ketayapti), samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yoki 
nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo’lib, 
ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag’batlan-tirmaydi) 
bo’lishi mumkin. 
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yaratilayotgan daro-madlarning 
30 foizdan ortiq qismi olib qo’yilayotgan davlatlarda ishlab 
chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarda iqtisodiy o’sish uchun 
mablag’lar etarli bo’lmay qolishi mumkin. Shunday holatlarda davlat 
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning bir 
qismini o’zi hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi. Soliqqa tortish 
darajasi yuqori bo’lgan sharoitda soliqni to’lashdan bosh tortish 
tendentsiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham 
ortadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin