T. Malikov O. Olimjonov moliya


Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. 
MD 
taqsimlanishidan oldin tovar sotilishi kerak. Baho mulkdorlarga 
mahsulot 
sotishdan 
kelib 
tu
shishi 
mumkin 
bo’lgan 
pul 
mablag’larining o’lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash 
jarayonlari uchun boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. 
Baho tovarlarga bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali 
takror ishlab chiqarishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho nafaqa va hatto minimal ish 
haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkich 
hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy 
to’lovlarni o’zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur 
bo’ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida davlat 
sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini 
boshqarib turibdi. Baho, shuningdek, bojxonaviy tartibga solishda va 


bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. 
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari 
bo’yicha sotib olish bahosi bo’yicha emas, balki haqiqatdagisidan 
keskin farq qiluvchi normativ baholar bo’yicha undiriladi. Shunga 
mos ravishda (boshqa sharoitlar te
ng bo’lgan taqdirda) byudjetning 
daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar hisoblanishadi, 
lekin kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ko’p hollarda 
ular bir-biri bilan bo
g’liq bo’ladi. Ular hamkorlikda kengaytirilgan 
asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat
qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari 
tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini 
ifodalaydi. Bank 
krediti sifatida sof ko’rinishda tushuniladigan kredit 
davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida 
uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar 
o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli hisob-lanadi. Biroq,
bir vaqtning o’zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa 
uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet 
xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo’lgan paytda) 
qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari 
tijorat banklarining hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo’lsa, bu 
banklar uchun muhim ssuda manbaidir. 
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytari- 
luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. 
Bir vaqtning o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining 
harakatlanishini 
ifodalaydi 
hamda 
kredit 
va 
moliya 
pul 
munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi. 
Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar 
korxonalar va aholining bo’sh pul mablag’larini yig’adilar va ularni 
ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida 
mablag’ga ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar. 
Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan 
(qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa 
kreditorga belgilangan muddatda oldindan o’rnatilgan foizlarni 
qo’shgan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga
pul tabiatiga ega bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning 
belgilari xosdir. Masalan, ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda 
pulli to’lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul 
bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan 


tashqari, soliq bizga tegishli bo’lgan daromad va ish haqining bir 
qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) 
bo’yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai 
hisoblanadi. 
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning 
pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-
birlaridan o’zlarining 
funksiyalari va muayyan maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib 
turadi. Bunda katego-riyalarga te
gishli bo’lgan barcha belgilarning 
majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini 
yanada yaqqolroq ko’rish mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan 
tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam 
beradi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin