Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning
moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga
bo’linadi:
ichki;
tashqi.
Natijasining muhimligiga ko’ra moliyaviy barqaror-
likka o’z
ta’sirini ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruh-dan tashkil topadi:
asosiy omillar;
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo’yicha XYuSlarning
moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi
omillardan tarkib topadi:
oddiy;
murakkab.
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqaror-
likka o’z
ta’sirini ko’rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
doimiy;
vaqtinchalik.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va
ichki guruhi hisoblanib, u omillarning namoyon bo’lishiga, miqdoriy
va sifat mazmuniga u yoki bu darajada XYuSning bevosita ta’sir
ko’rsatish imkoniyatini aniq aniqlab beradi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi
asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzil-masi, ularni
boshqarishning taktikasi va strategiyasi;
XYuS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi;
ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi,
ularni qisqartirish imkoniyatlari;
ishlab chiqariladigan mahsulotning
to’lovga layoqatli bozor
talabiga muvofiqligi;
XYuSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar.
Bu omil
larning ta’sirini baholash ko’p jihatdan menejerlarning
kasbiy mahorati va malakasiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi
o’zgarishlar va o’zaro bog’liqlikni hisobga olish qobiliyatiga bog’liq.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omil-larga
quyidagilarni kiritish mumkin:
xo’jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;
davlatning soliq va kredit siyosati;
iste’molchilarning to’lovga layoqatli talabi va daromadlarining
darajasi;
jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnolo-giyalarning
umumiy darajasi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;
XYuS faoliyati ustidan nazorat bo’yicha qonunchilik aktlari;
va boshqalar.
XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga
bog’liq ravishda u quyidagilarga bo’linishi mumkin:
ichki barqarorlik;
tashqi barqarorlik;
umumiy barqarorlik.