T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Moliyaviy salohiyat o’sishining omillari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

8.2. 
Moliyaviy salohiyat o’sishining omillari 
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot 
real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish 
sohasida ishlab chiqarish samara-
dorligiga katta ta’sir ko’rsatuvchi 
moliyaviy munosabatlar shakllanadi. 
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul 
daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi 
samaradorligining o’sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga 
yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo’lgan qarziy mablag’lar 
asosida tashkil topadi. 
Hozirgi vaqtda kapital qo
’yilmalarni moliyalash-tirishda XYuS 
o’z mablag’larining (sof foyda va amor-tizatsiya) salmog’i muhim 
ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va 
ulardan samarali foydalanish alohida rol o’ynaydi. 


YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar 
o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Ana shu 
darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini 
to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar undirish yo’li bilan va 
shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat 
moliyasi tashkil topadi (shakllanadi). 
XYuSlar pul resurslarini, uy xo’jaliklari daromad-larini ikkilamchi 
qayta taqsimlash kredit-
bank sohasi va sug’urta tizimi orqali ham 
amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning 
boshqa jamg’arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va 
aholiga uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, 
turli risklarni sug’urta qilish shakllarida sodir bo’ladi. 
Ko’p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus 
fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayon-larini takomillashtirish 
moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy 
resurslari o’sishining quyidagi yo’nalishlari bilan uzviy bog’langan: 

byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsim-lashning 
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal 
siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog’liqki, bu siyosat o’z 
navbatida, 
ishlab 
chiqarishning 
o’sishi 
va 
XYuSlarning 
investitsiyalarga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarining o’sishini 
rag’batlantirishni ko’zda tutmog’i kerak; 

bank-kredit 
sektori 
orqali 
pul 
resurslarining 
qayta 
taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy 
instrumentlari va mexanizmlari bo’lib quyi-dagilar hisoblanishi 
mumkin: kredit siyosati; uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar 
hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va 
depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog’ozlar bozori. Iqtisodiyotda 
bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat 
tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tarzda tartibga solish 
davlat, 
XYuSlarning 
investitsion 
imko-niyatlari 
chegaralarini 
kengaytiradi, aholining pulli jamg’armalarini investitsiyalarga jalb 
qiladi; 

yangi samarali iqtisodiyotni 
– innovatsion va intel-lektual 
infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojla-nishi o’ziga xos 
farqlanuvchi belgisi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan 
XYuSlarning 
ildam 
rivojlanishi. 
Mamlakat 
raqobatbardosh 
iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo’shilgan qiymat va yuqori 
darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
innovatsion asosdagi yangi tarmoqlar tashkil etmog’i lozim. 


O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sekto- 
rining hukmronlik qilishi, y
oqilg’i-energetika kompleksining sanoat 
ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti 
daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta 
salmoqning 
egallashi 
iqti-sodiyotning 
shu 
tomonga 
deformatsiyalashganligidan dalo
lat beradi. Milliy xo’jalikning bunday 
tarkibiy nomuvo-fiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni 
modernizatsiya 
qilish 
vazifalarini 
murakkablashtiradi. 
Shu 
munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texno-logiyali 
ishlab chiqarishga kapitalning 
oqib o’tishini ta’minlovchi samarali 
mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu 
narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori 
darajaga 
ko’taradi; 

XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali 
investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog’liq. Zamonaviy o’zgaruvchan 
(dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo’shgan holda o’z va jalb 
qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy 
ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab 
qiladi. 
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy 
barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’min-lashning o’ziga xos omili 
bo’lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, 
kontsernlar, klas-terlar, konglomeratlar, xoldinglar, kontsortsiumlar 
va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining 
real qo’shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir 
bo’lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining 
o’sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilma- 
larining o’zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning o’sishidan olingan 
sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy 
vazifalarni yechishga imkon bermoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin