Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiyasini
amalga oshirish asosida faqat aktivlar
qiymatini oshirishni emas,
balki ulardan yanada samaraliroq foydalanishni ko’zda tutganligi
bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo’ladi:
Ka
= (Ko’ : Ao),
Bu yerda:
Ka
– aktivlarni kapitallashtirish
koeffitsienti;
Ko’
– tahlil davrida o’z kapitalining o’sishi;
Ao
– tahlil davri oxiridagi aktivlar.
Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlarning
moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg’or innovatsion ishlab chiqarish
vositalari va texnologiyalar
iga qo’yiladigan
shakldagi kapitalni
intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifatiy talablarni ilgari surayotgan
bozor o’zaro aloqalarining samarali tizimiga nisbatan tezroq kirish
uchun XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilishning asoslangan
dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda butun
xo’jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi sifatida yuqori yakuniy
moliyaviy ko’rsatkichlarga erishishga alohida o’rin ajra-tilmog’i lozim.
Bir vaqtning o’zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o’sish
shart-sharoitlaridan
foyda-lanish,
shuningdek,
innovatsion
tarqqiyotning zamonaviy tendentsiyalarini
amalga oshirish asosida
XYuS faoliyati-
ning samaradorligini oshirish bo’yicha choralar
tizimini o’z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagi chora va tadbirlarni
amalga oshirishi maqsadga muvofiq:
XYuSning tashkiliy va mulkiy holatini o’zgartirish (
yuqori
samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o’zgartirish va
uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joylashtirish, yuqori
talabga ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni rivojlantirish va
h.k.);
ishlab chiqarishning investitsion-
texnologik asosini o’zgartirish
(asosiy fondlar va aylanma mablag’larning tarkibiy tuzilishi,
innovatsion ruhdagi texnik va texnologik yangiliklarni joriy etish,
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);
ishlab
chiqarish-
xo’jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga
-
XYuSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga erishish,
kompaniyaning qiymatini o’stirish va xarajatlarni qisqartirishning
tashkiliy asosi bo’lgan puxta biznes-rejani ishlab chiqish;
XYuSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ishlab
chiqish;
XYuSning moliyaviy strategiyasini
uning ishlab chiqarish-
marketing siyosati bilan o’zaro ta’sirchanligi bog’liqligini e’tiborga
olgan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegishli
tarzda qayta qurishni, XYuSni boshqarishda moliyaviy oqimlarning
rolini oshirishni; tushum,
xarajat-lar, foyda, soliqqa tortish norma
(me’yor)lari, sof foyda, umumiy va o’zlik kapitalining hajmi va
manbalaridan iborat bo’lgan moliyaviy indikatorlarning o’zgarishini
monitoring qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali
tizimini shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o’z navbatida, quyidagi
shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin:
XYuS xo’jalik-ishlab chiqarish faoliyati
barcha tomonlari bilan
moliyaviy
oqimlarning o’zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda
ishlab chiqarish omillari
– moddiy, mehnat, axborot va boshqa
resurslarning tegishli harakatlarini yanada to’laroq aks ettirish;
boshqaruv
qarorlari qabul qilishda, XYuS moliyaviy resurslari
o’sishining rezervlarini to’liq qidirib topish va amalga oshirishda
uning moliyaviy-tahliliy xizmatlari rolini oshirish;
XYuS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to’liqroq
ta’minlash uchun o’z bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy menejment
malakasi darajasini oshirish;
XYuS moliyaviy-
xo’jalik faoliyati to’g’risida xalqaro andozalarga
muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYuSlar, firmalar va
korporatsiyalar
faoliyatida
yuqori
darajadagi
samaradorlikni
ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o’tish.
Dostları ilə paylaş: