T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

9- 
bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilish 
9.1. 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilishning 
zarurligi va mazmuni 
 
XYuSlarning 
faoliyatida 
sifat 
o’zgarishlarni 
amalga 
oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. 
Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari 
rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi 
bo’g’in (XYuSlar)ga alohida o’rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida 
XYuSlar o’zaro aloqalarining umumiy modeli quyidagi chizmada 
keltirilgan (9.1.1-chizma): 
9.1.1-chizma. 
Bozor 
iqtisodiyotida 
XYuSlar 
o’zaro 
aloqalarining modeli 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi 
sifatida 
maydonga 
chiqib, 
tovarlar 
va 
xizmatlar 
bozorida 
o’zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan 
baho orqali o’zaro ta’sir (aloqa)da bo’ladi. Baholarning yig’indisi 
tushumning miqdorini aniqlab berganligi uchun XYuS (firma, 
korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi 
faolligi, ular faoliyatida rivojlanishning bozor omil-
lari o’zgarishini har 
tomonlama hisobga olish o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud. Bu 
omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar moliyaviy 
faoliya-
tining butun falsafasini printsipial jihatdan o’zgarti-rishni talab 
qiladi. XYuSlarning m
oliya munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha 
asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni 
moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi. 


Mamlakatimizda 2016 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning 
yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 

faoliyatni bozor talablariga yo’naltirish va eng yangi 
texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni 
rivojlantirish yo’li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini 
ta’minlash; 

XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samara-dorligini 
oshirish; 

XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning 
moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb 
qilish; 

ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va 
mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajat-larni kamaytirish asosida 
ularning daromadlarini o’stirish yo’li bilan XYuSlarning investitsion 
joziba-dorligini oshirish; 

aktivlarni restrukturizat
siya qilish va bozor kon’yunkturasini 
bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to’lovga layoqatli talabi va 
taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish. 
XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda 
kapitalizatsiya jaray
oni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng 
yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va 
shu asosda kapital-lashtirishning asosiy manbaini 
kapitalni 
o’stirishga yo’naltiriladigan sof foyda hajmini ko’paytirish alohida 
o’rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffi-tsienti aktiv 
(kapital)ni oshirishga yo’naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof 
foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula 
shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin