T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Ikki kundan s
o‘ng, tergovchi Аbdullohni chaqirtirdi. Аdvokat Tublibek
ham kelibdi.
– Mana, sizning «ishi»ngiz, – deb tergovchi qalin va qora jildni
Аbdulloh tomon surdi. – O‘qib chiqing va kerakli joylarini imzolang.
Аbdulloh o‘z «jinoiy ishi» diqqat bilan o‘qishga kirishdi: u tushuntirish
xatida yozib bergan hamma narsa kiritilibdi, avvalgi safargi tergov tafsiloti
ham ikir-chikirlarigacha bayonnomaga tushirilibdi. Har bir sahifaning eng
tagiga, har bir xatboshining s
o‘ngiga, tergovchining har bir savoliga bergan
javobidan keyin tasdiq imzosini q
o‘yish shart ekan.
Yarim soat ichida
Аbdulloh imzolashni tugatdi. Endi advokat qo‘l
q
o‘yishni boshladi.
Аbdulloh ishning bu qadar silliq ketayotganidan shubhaga tushdi. Bu
«adolat» ortida, albatta, qandaydir razolat borligiga, negadir, ich-ichidan
amin edi.
Аdvokat ham ishini bitirgach, tergovchi eʼlon qildi:
– Аbdullohbey, jabrlanuvchi, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi janob
U va guvoh Sarimsoq Sa
g‘ir o‘g‘li ham kelishgan. Chaqiringlar!
Xonaga
Аbdulloh kaltaklagan xitoyi avval kirdi. U xuddi otasining
mulkiga kirgandek kerildi, burni osmonda. Tergovchi
o‘rnidan turib, Uni
kutib oldi,
o‘tirishi uchun kursi ko‘rsatib, xitoychalab chuqur mulozamat qildi.
B
o‘ynini qisib, xitoyidan kaltak yegan xizmatchi ham shu yerda hozir
b
o‘ldi. Аbdulloh xizmatchiga diqqat qildi: u juda oriq, nimjon va
kasalmandligini esa qiyofasi «aytib turibdi».
Tergovchi xitoyi U bilan ancha chu
g‘urlashdi, keyin Аbdullohga dedi:
– Аbdullohbey, siz janob Uni besabab uribsiz.
– Yo‘g‘e, u mana bu yigichani o‘zi urdi-ku! Men bir mazlumni himoya
qildim, xolos.
– Janob U esa aksincha aytyaptilar... – dedi tergovchi va xizmatchiga
savol berdi.
– Siz mana qarshingizda o‘tirgan ayblanuvchi janob Uni