T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
«Ey bola! Podshohdan qo‘rq! Аllohni unut, Robbingdan voz kech!
Podshohning xudo qilib ol. U seni mukofotlaydi,
Yer yuzida shon-sharaf,
davlat va savlat ila yurasan.
Аks holda, seni dengizga otib yuboramiz.
Nahang oshqozonida hazm b
o‘lasan!»
Bola xotirjam turib, ularga shunday javob qildi:
«Ey odamlar! Tavba qiling va yolg‘iz iloh, butun olamning Robbisi
Аllohga iymon keltiring va taslim bo‘ling! Аks holda, siz va podshohingiz
jahannamda yonasizlar!»
Аskarlar bolani ko‘tarib, dengizga
tashlashga shaylandilar, bola esa:
«Аllohummakfiyni bi ma shiʼta!» – «Аllohim, ularga O‘zing xohlagan narsa
bilan kifoya qil!» – deya duo qildi. Dengizda po‘rtana ko‘tarildi, shamol esdi,
t
o‘lqinlar kemani shunday ko‘tardilarki, boladan boshqa hamma dengizga
yiqilib, nahang oshqozoniga borib tushdilar.
Bolaning esa q
o‘l-oyoqlari yechildi, u kema bilan qirg‘oqqa
suzib
chiqdi va kofir podshohning oldiga bordi.
Bolani k
o‘rgan podshohning toqati toq bo‘ldi, u qatlga hukm chiqardi.
Mamlakatdagi odamlarni katta maydonga yi
g‘di, bolani bir ustunga
chirmab bo
g‘ladi.
– Ey odamlar! – dedi podshoh. – Mana bu nonko‘r bolaga sehr ilmini
o‘rgatishni men buyurdim. Bu bo‘lsa, qandaydir rohibdan bemaʼni narsalarni
taʼlim oldi. Rohibni shu qilmishi uchun qiymaladim. Endi navbat bolaga
keldi.
Kim unga ergashgan b
o‘lsa, aqlini yig‘ib olsin! Аks holda,
hammangizni
o‘tda yoqaman!»
Podshoh shunday deb, bolaga yuzlandi:
«Ey ahmoq! Mening xudo ekanimni tan ol! Shunda senga hayot
beraman!»
Bola kuldi va: «Ey nodon podshoh! Sendan oldin ham sendan qudratli
podshohlar bor edilar. Hammasi
o‘ldi. Kofirlari Аllohning qahriga uchradilar.