T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Endi menga makr qildingiz, shundaymi? – dedi tergovchiga. – Bilib
q
o‘ying, Аlloh ham sizga shunday makr qiladiki, ko‘zingizga hech narsa
k
o‘rinmay qoladi!
– Аbdullohbey! Аbdullohbey! – shu onda tilini yutib yuborib jim
o‘tirgan Tublibek gap qotdi. – Bunday qizishmang! Ishni qiyinlashtirmang!
Аgar ayblovda xatolik bo‘lsa, qonunan kurashamiz.
– Siz ham qonun deysizmi? Ko‘ryapman qonunlaringizni! Juda
«mukammal» ishlayapti! – zaharxanda qildi Аbdulloh.
– Sudda bu gaplaringiz uchun ham jazo olasiz, – dedi tergovchi
sovuqqon.
– Sizga savol: sizni kim Xitoyga yubordi? G‘oyaviy rahnamoingiz
kim? Moddiy taʼminotchingizning ismini ayting.
– Men bu masalada birorta savolingizga javob bermayman! – dedi
Аbdulloh.
– Tergovga yordam bering, – ogohlantirdi tergovchi. – O‘zingizga
oson b
o‘ladi.
– Osonlashtiruvchi ham, qiyinlashtiruvchi ham Аllohdir! – dedi
Аbdulloh.
Tergovchining k
o‘zida birdan yovuzlik chaqnadi:
– Menga qara, mahbus, o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Bu qamoq
jahannam ekanligini k
o‘rdingmi? Seni hech chertmayapti? Bilasanmi, nima
uchun? Chunki yuqoridan aytishdi: kelgindining burni qonamasin, deyishdi!
Аks holda, uningni ham chiqara olmasding! Kindigingdan boshlab qorningni
yorib, ichagingni salla qilib, boshingga
o‘rab qo‘yardim, allaqachon!
Xudoyingga ibodat qilib
o‘tirarding! – dedi og‘zidan tupuk sachrab. –
Indamaganim sari boshga chiqyapsan! Sud
o‘tadi, kamida o‘n beshta
olasan, kamida
o‘n besh! Jamloqda esingni kiritib qo‘yishadi!
Аdvokat Tublibek tergovchining dag‘dag‘asidan rangi oqarib, nafas
ololmay qoldi.
Аbdulloh pinagini buzmadi. Tergovchiga xotirjam dedi: