T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 topshirdi. Bu boshqa jinoyat.
O‘ta og‘ir turdagi, o‘ta xavfli jinoyat. Bu alohida
tergov, alohida sud, demakdir.
– Sizlar tuhmatdan charchamas ekansiz, yana qanday o‘yin
topdingiz?
– tishining orasidan gapirdi Аbdulloh.
–
Tergovga
xalal
beryapsiz,
adolatli
Davlatimiz
tizimini
haqoratlayapsiz, har bir gapingizni «ishingiz»ga qo‘shaman, jazoni
o
g‘irlashtiradi, – dedi tergovchi.
– Shunday deng? – kuldi Аbdulloh. – Аjoyib! Haq gapni aytsang,
tergovga xalal bergan b
o‘lasan! Qoyil qoldim.
– Аbdulloh Yorqin! Eshiting! – dedi tergovchi qo‘lidagi varaqqa tikilib.
– Siz, Turkiya vatandoshi, buyuk Xitoy Xalq Respublikasiga fitna
uyushtirish, davlatni obr
o‘sizlantirish, Xitoy fuqarolari orasida davlatiga
ishonchsizlik uy
g‘otuvchi tuhmatona uydirmalar tarqatish, betartiblik keltirib
chiqarish maqsadida taʼlim dasturi niqobi ostida kirib kelib, faoliyat
yuritganlikda ayblanasiz!
Аbdulloh o‘zini kulishdan to‘xtata olmay qoldi.
– Bu qanday ahmoqona bo‘hton bo‘ldi, janob tergovchi! – dedi. –
Urumchiga kelishimdan yigirma t
o‘rt soat o‘tmay qamoqqa tiqdingiz.
Qanday qilib faoliyat yuritaman?
– Biz osmondan olib gapirmaymiz, – dedi tergovchi do‘q ohangida. –
Fuqaro Moyimxon Sotimga uchoqmaydondan mehmonxonaga kelishda
ekstremistik, terroristik va antikommunistik
g‘oyalarni singdirishga
uringansiz.
Аna shu xatti-harakatingiz uyushgan holda davlat to‘ntarishi
uyushtirish y
o‘lidagi faoliyat hisoblanadi. Lekin vatanparvar fuqaro sizning
qutqularingizga uchmadi, yot
g‘oyalaringizga aldanmadi, o‘z vaqtida tegishli
tashkilotlarga xabar berdi.
Аna endi ana shu fitnangiz xususida alohida
tergov
o‘tkazaman.
Аbdulloh lol edi. Makrning bu qirrasi uning aqlini shoshirdi.