T me/akrommalik


www.facebook.com/akrom.malik2020



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
... Shafiqa ketish uchun bir qancha pul, liboslarini hozirlab q
o‘ygan 
edi. Rejasiga muvofiq Kuala Lumpur markazidagi shohona mehmonxonaga 
j
o‘nadi.
... Ertalab qizil libosini kiydi, yuzini ochib r
o‘mol o‘radi va Аmerika 
Q
o‘shma shtatlarining Kuala Lumpurdagi elchixonasiga yo‘l oldi. 
– Elchixona meni amaliy qo‘llab –quvvatlashini so‘rayman, – dedi u. 
Elchixonadagilar ularni y
o‘qlab kelgan bu dilbar ayolning dindor oiladan 
kelganligini eshitib ruhlanib ketishdi. 
O‘zgacha ehtirom va iltifot ila alohida 
suhbat xonasiga taklif etishdi. 
– Qahva, choy yoki suv? – deb so‘radi 
xizmatchi.
– Suv, – dedi Shafiqa. U behad hayajonlanayotgan edi. Bir necha 
daqiqada uning qarshsiga bir ayol va ikki erkak kelib 
o‘tirishdi. Аyol qora 
tanli edi. Ularning uchovi ham juda quvnoq, juda d
o‘stona, juda muloyim 
edilar. 
– Xayrli kun, xonim, ismi sharifim Jeyn Bronti, siz Jeyn deb chaqiring, 
shu menga yoqadi, 
– dedi xayrixohlik ila qora tanli ayol. 
– Tanishganimdan xursandman, Jeyn, – dedi Shafiqa. – Men 
Shafiqaman. 
– Shafiqa, ismingiz juda ham go‘zal jaranglar ekan! Xuddi o‘zingiz 
kabi dilbar ism! 
– dedi Jeyn. – Tanishing, hamkasblarim Joy va Nikolas. Biz 
elchixonada gender himoyasi, madaniyat va sanʼatni qo‘llab –quvvatlash 
masalalarida ishlaymiz.
– Xonim, elchixonamizga tashrif buyurib eng to‘g‘ri ishni qilgansiz, – 
dedi Joy deb tanitilgan erkak. 
– Sizning hikoyangizni tinglashni istaymiz. 
Siz 
o‘z qobig‘ingizdan chiqishga qanday jasorat topdingiz?
– Аgar bu haqda biz bilan suhbatlashsangiz, mamnun bo‘lardik, – 
dedi kulib Jeyn ham. 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Shafiqa ularga oilasi, kelib chiqishini aytib berish oson kechmasligini 
shu onda anglab yetdi. 
Аytajak hikoyasi go‘yo o‘zi mansub bo‘lgan oila 
haqida shikoyat qilish edi. 
– Kechirasiz, men tegishli bo‘lgan oila o‘z hayotidan rozi, men uchun 
u torlik qildi, xolos, 
– dedi Shafiqa. 
– Tortinmang, azizam! – dedi Jeyn. – Sizga atroflicha yordam 
berishimiz uchun sizni yaxshiroq tanishimiz kerak. 
Shafiqa boshqa chorasi y
o‘qligini tushundi. Chuqur nafas olib, sekin 
s
o‘z boshladi: 
– Men islomiy oilada tug‘ildim... 
Shafiqaning hikoyasi elchixonadagilarga juda yoqdi. Ular ayolni 
q
o‘llashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 
– Аlbatta, Islom dini insonlarga taskin beradi, o‘zidan qoniqish, 
Xudoning panohida xavfsiz ekanligiga odamni ishontiradi, 
– dedi Nikolas. – 
Bu kishiga psixologik xotirjamlik ato etadi. Biroq dinni, u Islommi, 
nasroniylikmi, erkimiz zanjiriga aylantirish t
o‘g‘ri ish emas. Biz 
odamzodning hamma huquqlarini himoya qilamiz, xususan, taqvodorlikni 
ham. Biroq insonlar taqvodorlik bilan 
o‘zlarini cheklab yurishlari juda 
achinarli. Shafiqa xonim, jasoratingiz tahsinga loyiq. Bu jasorat minglab 
ayollarni ruhlantiradi, olamga ochiq k
o‘zlar ila boqishga chorlaydi, 
shubhasiz.
Shafiqa qaytib b
o‘lmas yo‘lga chiqqandek his etdi o‘zini. «Etar! 
Hadiksirashni bas qil, Shafiqa! 
– ichida o‘ziga o‘zi dalda berdi. – Seni otang 
tushundimi? Seni onang tushundimi? Seni ering tushundimi? Y
o‘q, ular 
seni tushunmadi. Endi ortga qaytsang, seni cheksiz xorlik kutyapti. Endi 
ol
g‘a yur! Sen oilangdan yuz o‘girmading, sen o‘z yo‘lingga chiqding. Sen 
qoliplarni buzding. Sen kishanlarni parchalading. Shafiqa! Chekinma! Kelib 
chiqishingni yashirma! Yashirib nima qilasan? Butun olam shunday jasur 
ayolni bilsin! Jasorat va istak b
o‘lsa, qanday buyuk marralarga erishmoq 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin