T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 ... Fotih quloqlariga inonmay qoldi.
– Xonim, sihhatingiz joyidami? Ko‘zingizga nimadir ko‘rinyaptimi? –
dedi qay
g‘urib.
– Yo‘q! – Shafiqa sapchib turib ketdi. – Men soppa –sog‘man! Jin
tekkani y
o‘q. Keling, meni siz tinglang, Fotih. Ongli, madaniyatli inson
o‘laroq qalbimni tushuning.
Fotih qarshisida umr y
o‘ldoshim deb faxr etib yurgani qo‘qqisdan
begonaga evrilganini sezdi. Iliq qalbi muzlayotganini idrok qildi. Mutaassir
b
o‘lishni bas qilib, sokin ovozda dedi:
– So‘ylang, Shafiqa xonim, sizning dardi olamingizni biz ham bilaylik.
Zimistonda qolib ketgan k
o‘rinasiz!
Erining tovushidagi vajohatdan Shafiqa q
o‘rkib ketdi. Uni tinglashga
shay b
o‘lib o‘tirgan Fotih Karim kutilmagan Shafiqaning nazarida ulkan
haybat kasb etdi. Shu choqqacha tilidan shirin s
o‘z, yuzidan tabassum
arimagan musulmonning ichidagi
g‘azabmi, qahrmi, xullas, shunga
o‘xshash bir quvvat ajdaho kabi qo‘zg‘algan edi. Bu ajdahoning dami
Shafiqani hayiqishga majbur etdi. Biroq s
o‘z aytilgan edi, ayol bu ajdaho
qarshisida tik turib, yonishga mahkum b
o‘ldi. Аslida, u o‘zini o‘zi bu baloga
duchor etdi.
– Men bu orzu bilan bolaligimdan buyon yashab kelyapman. Fotih,
o‘zimni zanjir ichida qurbon etolmayman. Bizning islomiy deb
maqtanadigan turmushimiz zanjirdan iborat, xolos.
Fotih
o‘z xotinini ilk marta ko‘rayotgandek qotib qoldi. Eridagi bu
o‘zgarishdan kuch olib, Shafiqa to‘xtamasdan bidirlay boshladi:
– Sizlarning islomingiz inson qalbini parchalaydi. Inson qalbini
o‘ldiradi. Erk va hurriyatni bo‘g‘adi.
Fotih chiday olmadi:
– Sen musulmonmisan? – deb yubordi.